Muallif: admin
Tibbiyot tizimidagi kamchiliklar tanqid qilindi
Quvasoy shahri, Oltiariq va Rishton tumanlarida tibbiyot tizimi holatini o‘rganish natijalari muhokama qilingan tanqidiy yig‘ilish o‘tkazildi.
Vazir o‘rinbosari farg‘onalik IT-hamshiralar bilan ochiq muloqot qildi
Farg‘onada sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Olim Omonov axborot tizimlari bilan ishlovchi hamshiralar bilan uchrashdi. Rasmiy yig‘ilishdan ko‘ra ochiq muloqot ruhida o‘tgan suhbatda raqamlashtirishning tibbiyot xodimlari va bemorlar hayotidagi o‘rni, hamshiralarning ishi, muammolari va kelgusidagi rejalari muhokama qilindi.
Ona va bola salomatligi: tahlil profilaktikani kuchaytirish zarurligini ko‘rsatdi
Farg‘ona viloyatida 2026 yilning dastlabki yetti oyi bo‘yicha ona va bolalikni muhofaza qilish sohasidagi asosiy ko‘rsatkichlar va dolzarb muammolar tahlil qilindi.
Infarkt va insultda «oltin vaqt»ni boy bermaslik uchun yangi marshrutlar ishlab chiqilmoqda
Farg‘ona viloyatida infarkt va insult bilan og‘riganlarga shoshilinch yordam ko‘rsatish, ularni zarur imkoniyatlarga ega shifoxonalarga tez yetkazish bo‘yicha yangi yondashuvlar ko‘rib chiqilmoqda.
Yurtimizda elektron sigaretalar taqiqlanmoqda: Qanday natijalar kutilyapti?
— Maqsad — bolalar va o‘smirlarni, kelajak avlodni, millat genofondini, atrof-muhitni yangi tamaki va nikotin mahsulotlaridan himoya qilish hamda buning uchun huquqiy asoslarni yaratishdan iborat, — deydi Sog‘liqni saqlash vazirligining tamakiga qarshi kurash bo‘yicha konsultanti Shuhrat Shukurov.
Elektron sigaretalar tarkibida 80 xil zaharli kimyoviy birikmalar mavjud
Joriy yil 1 mart sanasidan boshlab yurtimizda elektron sigaretalar muomalasi taqiqlandi. Xo‘sh, bunga qanday zarurat bor edi? Bu borada xalqaro tajriba qanaqa?
Beshariq va Furqatda «Salomatlik marafoni» qanday natija berdi?
Bir oy ichida Furqat tumanida qariyb 70 ming nafar aholi tibbiy muassasalarga murojaat qildi, 30 mingdan ortiq fuqaro skrining tekshiruvlaridan o‘tdi, yurak-qon tomir kasalliklari bo‘yicha yuqori texnologiyali diagnostika yo‘lga qo‘yildi. Beshariq tumanida esa minglab aholi sog‘lom turmush tarzi va kasalliklar profilaktikasi bo‘yicha qamrab olindi, raqamli tibbiy platformalardan foydalanishga o‘rgatildi.
Farg‘ona viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida 4500 dan ortiq jarrohlik amaliyoti o‘tkazildi
Bunday operatsiyalar soni ortishi esa murakkab jarrohlik yordamini viloyatning o‘zida olish imkoniyatini kengaytirmoqda.
Uydan chiqmasdan shifokor qabuliga navbat olish mumkin
Kecha poliklinikamizga kelgan bemorlardan biri shifokor huzuriga uyidan turib navbat olgan edi. U poliklinikaga belgilangan vaqtda keldi va qabul jarayoni ortiqcha kutishsiz tashkil etildi. Bu — raqamli tibbiyot tizimi yaratayotgan eng oddiy, ammo muhim qulayliklardan biri.
Farg‘onada gepatitga qarshi kurash: tahlillar, skrining va profilaktika
28 iyul — Xalqaro gepatitga qarshi kurash kuni munosabati bilan Farg‘ona viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasida davra suhbati va amaliy tadbirlar tashkil etildi. Tadbirda virusli gepatitlarning oldini olish, erta aniqlash va davolash masalalari muhokama qilindi. Mutaxassislar keltirgan raqamlar esa gepatitga qarshi kurash nafaqat profilaktika, balki yashirin kechayotgan kasalliklarni aniqlashda ham muhim ahamiyatga ega ekanini ko‘rsatdi.