Bo'lim: Ташаббус
Farg‘onada yana bir «Sog‘liqni saqlash bog‘i» barpo etildi
«Yashil makon» loyihasi doirasida Farg‘onadagi yana bir tibbiyot muassasasi hududi yashillikka burkandi.
«Kuniga bitta olma…» — Sevaraxon hamshiraning salomatlik saboqlari
Sog‘lom turmush tarzi haqidagi tavsiyalar faqat shifokor qabulida aytilmaydi. Ba’zan ular mahalladagi suhbatda, ba’zan esa supermarketning meva-sabzavotlar rastasi oldida yangraydi. O‘zbekiston tumanida «Salomatlik marafoni» doirasida […]
Salomatlik marafonining maqsadi nima?
Farg‘ona shahrida aholi o‘rtasida kasalliklarning oldini olish, ularni erta aniqlash va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga qaratilgan «Salomatlik marafoni» davom etib, unda poliklinika jamoasi ham faol ishtirok etmoqda.
Mehr va e’tibor — inson qadri yo‘lida
Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Farg‘ona viloyati mintaqaviy filiali rahbariyati va mutaxassislari panensefalit bilan kurashayotgan bolajonlar holidan xabar oldi.
Vazir o‘rinbosari farg‘onalik IT-hamshiralar bilan ochiq muloqot qildi
Farg‘onada sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Olim Omonov axborot tizimlari bilan ishlovchi hamshiralar bilan uchrashdi. Rasmiy yig‘ilishdan ko‘ra ochiq muloqot ruhida o‘tgan suhbatda raqamlashtirishning tibbiyot xodimlari va bemorlar hayotidagi o‘rni, hamshiralarning ishi, muammolari va kelgusidagi rejalari muhokama qilindi.
Infarkt va insultda «oltin vaqt»ni boy bermaslik uchun yangi marshrutlar ishlab chiqilmoqda
Farg‘ona viloyatida infarkt va insult bilan og‘riganlarga shoshilinch yordam ko‘rsatish, ularni zarur imkoniyatlarga ega shifoxonalarga tez yetkazish bo‘yicha yangi yondashuvlar ko‘rib chiqilmoqda.
Beshariq va Furqatda «Salomatlik marafoni» qanday natija berdi?
Bir oy ichida Furqat tumanida qariyb 70 ming nafar aholi tibbiy muassasalarga murojaat qildi, 30 mingdan ortiq fuqaro skrining tekshiruvlaridan o‘tdi, yurak-qon tomir kasalliklari bo‘yicha yuqori texnologiyali diagnostika yo‘lga qo‘yildi. Beshariq tumanida esa minglab aholi sog‘lom turmush tarzi va kasalliklar profilaktikasi bo‘yicha qamrab olindi, raqamli tibbiy platformalardan foydalanishga o‘rgatildi.
Buvijonlar uchun foydali muloqot (foto+video)
Farg‘onada 20 nafardan ortiq faxriy buvijonlar shifokorlar bilan ochiq muloqot qildi. Uchrashuvda sog‘lom turmush tarzi, kasalliklarni erta aniqlash va uzoq umr ko‘rish sirlari haqida so‘z yuritildi. Mutaxassislar ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga ham javob berdi.
Она ва бола саломатлиги бўйича мониторинг ва тарғибот ўтказилди
Фарғона вилоятида она ва бола саломатлигини мустаҳкамлаш, репродуктив саломатликни муҳофаза қилиш ҳамда аҳолига амалий ёрдам кўрсатиш мақсадида Республика ихтисослаштирилган она ва бола саломатлиги илмий-амалий тиббиёт маркази Фарғона вилояти филиали мутахассислари томонидан шаҳар ва туманларда қатор тарғибот, мониторинг ва амалий ёрдам тадбирлари ташкил этилди.
Стерилизация — бу шунчаки тиббий ускуналарни ювиш эмас
Яқинда шифохоналарда стерилизация жараёнининг самарадорлигига таъсир этувчи омиллар ва сифат бошқаруви методларининг ролига бағишланган илмий тадқиқот иши тайёрланди. Ушбу тадқиқотда тиббиёт муассасаларида инфекция назоратини кучайтириш, стерилизация жараёнини такомиллаштириш ҳамда амалиётда учрайдиган асосий муаммоларни аниқлаш масалалари ўрганилган.