Farg‘ona viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi

Sog‘liqni saqlash vazirining tegishli buyrug‘i bilan Jumanov Anvarjon Azimjonovich Farg‘ona viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

A. Jumanov 1998-yilda Andijon davlat tibbiyot institutini tamomlab, mehnat faoliyatini Farg‘ona viloyati bolalar ko‘p tarmoqli shifoxonasi shifokori sifatida boshlagan.

Turli yillarda Dang‘ara tuman tibbiyot birlashmasi laboratoriya-diagnostika bo‘limi boshlig‘i, birlashma boshlig‘i o‘rinbosari, bosh shifokori, Qo‘qon shahridagi 6-son oilaviy poliklinika bosh shifokori kabi mas’ul lavozimlarda ishlagan.

A. Jumanov tayinlovga qadar Dang‘ara tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i sifatida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan edi.