Muallif: admin
Farg‘onada yana bir «Sog‘liqni saqlash bog‘i» barpo etildi
«Yashil makon» loyihasi doirasida Farg‘onadagi yana bir tibbiyot muassasasi hududi yashillikka burkandi.
Farg‘ona viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi
A. Jumanov tayinlovga qadar Dang‘ara tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i sifatida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan edi.
Oq xalatdagi 60 yillik umr
Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Farg‘ona filiali bolalar anesteziologiya-reanimatsiya bo‘limi shifokori Shuxrat Saydaxmedov uchun bu kasb qariyb qirq yildan buyon hayot mazmuniga aylangan.
Besh xil dori ham yordam bermagan qon bosimi: sabab buyrak arteriyasida bo‘lib chiqdi
Tekshiruvlar davomida dastlab o‘ng buyrak arteriyasining torayishi aniqlandi. Komp’yuter tomografiyasi esa tomir qariyb 85 foizga torayganini ko‘rsatdi. Tashxis — o‘ng buyrak arteriyasi aterosklerozi.
Chekish demensiya xavfini ham oshiradi
Tahlilda chekish miqdori bilan xavf o‘rtasidagi bog‘liqlik ham aniqlangan.
Kulganda, aksirganda siydik chiqib ketsa…
Ayollarda uchraydigan siydik tutolmaslik nafaqat salomatlik, balki hayot sifatiga ham ta’sir ko‘rsatadi. Ayrimlar bu holatni tug‘ruqdan keyingi o‘zgarish yoki yosh o‘tishi bilan bog‘liq tabiiy jarayon deb qabul qilib, yillar davomida shifokorga murojaat qilmaydi. Holbuki, zamonaviy tibbiyotda uni davolashning bir nechta usuli mavjud. Farg‘onada ham bu muammoni ham davolash, ham jarrohlik yo‘li bilan bartaraf etish imkoniyati yo‘lga qo‘yilgan.
Farg‘onada endokrinologiya xizmati qanday o‘zgarmoqda?
Filialdagi “Diabet maktabi”da xastalik bilan og‘rigan bemorlarga ilmiy asoslangan tavsiyalar berish, foydali ko‘nikmalarni hosil qilishiga ko‘maklashilyapti.
Nozik qo‘lli mas’uliyatli kasb egasi
Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Farg‘ona viloyat filiali vrachi, oliy toifali neonatolog Malika Vaxabova qariyb 36 yildan buyon shu sohada mehnat qilib kelmoqda.
Farg‘ona shahar poliklinikasida diagnostika imkoniyatlari kengaydi
Farg‘ona shahar ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi kapital ta’mirdan so‘ng zamonaviy qiyofa kasb etdi. Muassasada bemorlar va tibbiyot xodimlari uchun qulay sharoitlar yaratilib, xonalar yangi tibbiy uskunalar bilan jihozlandi.
Farg‘onalik tibbiyot xodimlariga bayram tabrigi
Barchangizni Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman!