Eshitishida nuqsoni bor ayol-qizlar tibbiy ko‘rikka taklif etildi

Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Farg‘ona filialiga O‘zbekiston karlar jamiyati Farg‘ona viloyati hududiy bo‘limidan eshitishida nuqsoni bor ayol-qizlar taklif etildi.

Ularga onkomammolog va onginekolog shifokorlari tomonidan, surdo tarjimon yordamida sut bezi va bachadon bo‘yni saratoni mavzusida ma’ruza o‘qildi va bepul tibbiy ko‘rik o‘tkazildi.

Ko‘rikdan o‘tgan 52 nafar fuqarolarning 8 nafarida kasallik aniqlandi, 10 nafar ayolda simptomatik davo tavsiya etildi. 3 nafariga chuqurlashtirilgan tekshiruvdan o‘tkazilishi belgilandi.

Mazkur tadbir Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan tashkillandi.