Dang‘arada endokrinologlar tomonidan o‘quv seminar tashkil etildi

Dang‘ara tumanida aholining salomatligini mustahkamlash, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, xususan, qandli diabetning oldini olishga qaratilgan targ‘ibot ishlari davom etmoqda.

«Oqjar» MFYda “Diabet maktabi” mavzusida tuman endokrinologlari tomonidan o‘quv seminar tashkil etildi. Unda patronaj hamshiralar hamda aholiga yod yetishmovchiligi bilan bog‘liq kasalliklar profilaktikasi, qandli diabet kasalligi hamda uning oqibatlarining oldini olish bo‘yicha ma’lumotlar berildi.