O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Farg‘ona viloyati hududiy birlashmasining hisobot-saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
Unda 2021–2025 yillarda amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilinib, kelgusi besh yillik vazifalar muhokama etildi.
Hisobot davrida hududiy birlashma tizimi tashkilotlari tomonidan 4 419 ta fuqaro murojaati o‘rganilgan. Natijada iste’molchilar foydasiga 7 milliard 566 million so‘mdan ortiq qayta hisob-kitob va boshqa moliyaviy natijalarga erishilgan. Shuningdek, 3 654 nafar iste’molchiga bepul huquqiy maslahat berilgan, huquqlarni sud orqali himoya qilish bo‘yicha 51 ta da’vo arizasi kiritilgan.
Tibbiyot muassasalari uchun ham iste’molchilar huquqlarini himoya qilish masalasi begona emas. Bemorga tibbiy xizmat haqida to‘liq va tushunarli ma’lumot berish, uning murojaatlariga e’tibor qaratish, qonuniy huquqlarini hurmat qilish tibbiy xizmat ko‘rsatish madaniyatining muhim jihatlaridir.
Konferensiyada 2026–2030 yillarda tizim faoliyatini rivojlantirish konsepsiyasi loyihasi ham ma’qullandi. Unda murojaatlar bilan ishlashni takomillashtirish, aholining huquqiy va moliyaviy savodxonligini oshirish, faoliyatni raqamlashtirish hamda xodimlar malakasini yuksaltirish kabi yo‘nalishlar belgilangan.
———