Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Jaloliddin Asomutdinovning Farg‘ona tumanida o‘tkazgan sayyor qabuli doirasida aholi uchun keng qamrovli tibbiy ko‘rik tashkil etildi.
Tadbirda viloyatdagi davolash-profilaktika muassasalari mutaxassislari ishtirok etib, yuzlab fuqarolarga malakali tibbiy xizmat ko‘rsatildi.
Jumladan, Respublika ixtisoslashtirilgan Ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Farg‘ona filiali jamoasi ham faol qatnashdi. Shukurillo Asqarov boshchiligidagi mutaxassislar — Ilg‘orbek Eshmatov va A’zamjon Toirov ko‘z kasalliklari bo‘yicha murojaat qilgan fuqarolarni qabul qildi.
Ko‘chma mobil oftalmologik klinikada 55 nafar bemor bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, ularga tegishli tavsiyalar hamda davolanish bo‘yicha yo‘llanmalar berildi.