Respublika ixtisoslashtirilgan urologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Farg‘ona filialida navbatdagi jarrohlik amaliyotlari o‘tkazildi.
Rekonstruktiv urologiyaga bag‘ishlangan mahorat darslari doirasidagi murakkab turdagi operatsiyalar Respublika ixtisoslashtirilgan urologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktor o‘rinbosari Ilxom Salimov rahbarligida olib borildi.
2 kun mobaynida 4 nafar bemorda bukkal uretroplastika, 2 nafarida ikki tomonlama ureterotsistoneoanastamoz va 1 nafar bemorda meatotomiya+anastomatik uretroplastika+epitsistolitostomiya, 1 ta qovuq orqali adenomektomiya kabi murakkab jarrohlik amaliyotlari muvaffaqqiyatli bajarildi.
Quvonarlisi, shunday murakkab operatsiyalar viloyat shifoxonasida o‘tkazilayotgani ko‘plab yurtdoshlarimiz og‘irini yengil, uzog‘ini yaqin qilmoqda.