Mehnatga berilgan baho

Inson uchun yillar davomida qilgan mehnati bir lahzada qadr topganini ko‘rish — alohida tuyg‘u. Umr yo‘lida ortda qolgan har bir mehnat, har bir harakat ana shunday kunlarda o‘z qimmatini yana bir bor namoyon etadi.

Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Farg‘ona filiali direktori Kamoliddin Rahmonovning ham ana shunday quvonchli kuni. U «O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

Bunday e’tirof insonni quvontiradi, yanada katta maqsadlar sari undaydi. Mukofot muborak bo‘lsin!