Farg‘ona viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida 2025 yil davomida jami 4536 ta jarrohlik amaliyoti o‘tkazildi. Shulardan 2863 tasi yuqori texnologiyali va kaminvaziv operatsiyalar bo‘lib, ular intervension kardiologiya, endoprotezlash va laparoskopiya, otorinolaringologiya hamda neyroxirurgiya yo‘nalishlariga to‘g‘ri keladi.

Quvonarlisi, mazkur amaliyotlar og‘ir kasalliklarni samarali davolash, asoratlar xavfini kamaytirish hamda bemorlarning hayot sifatini yaxshilashga xizmat qilmoqda. Bunday operatsiyalar soni ortishi esa murakkab jarrohlik yordamini viloyatning o‘zida olish imkoniyatini kengaytirmoqda.