Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Farg‘ona viloyati mintaqaviy filiali rahbariyati va mutaxassislari panensefalit bilan kurashayotgan bolajonlar holidan xabar oldi.
Tashrif davomida bolalarning salomatligi va davolanish jarayoni o‘rganilib, mavjud muammolarni hal etish bo‘yicha zarur choralar belgilandi. Oilalarga dori-darmonlar, oziq-ovqat va ro‘zg‘or uchun zarur mahsulotlar yetkazib berildi.
Ba’zan insonga katta yordamdan ko‘ra, uning holidan xabar olib, yonida ekaningizni bildirishning o‘zi ham katta dalda bo‘ladi.