Marg‘ilon shahrida 1-oilaviy poliklinika binosi mukammal ta’mirlanib foydalanishga topshirildi.
“Tashabbusli byudjet” loyihasi doirasida 1.3 mlrd so‘m evaziga bitkazilgan mazkur tibbiyot muassasasi “Ariq bo‘yi”, “Bobur”, “Yovqochar”, “Yoyilma”, “Pichoqchi”, “Tut-tagi”, “Tog‘liq”, “Uzumzor” mahallasida yashovchi 35 ming nafardan ziyod aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatadi.
350 qatnovga mo‘ljallangan shifo maskanida aholi salomatligini mustahkamlashga qaratilgan barcha imkoniyatlar yetarli.
Ochilish marosimida keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.