Yangi yil bayrami shukuhi. Bugun, Marg‘ilon shahar Tez tibbiy yordam stansiyasi yangi binoda ish boshladi.
“Tashabbusli byudjet” loyihasi hisobidan mazkur binoni joriy ta’mirlash uchun 1.3 mlrd so‘m mablag‘ ajratilgan.
Tez tibbiy yordam stansiyasi hududdagi 55 ta mahalla fuqarolar yig‘inlarida istiqomat qiluvchi 250 mingdan ziyod aholiga tez tibbiy yordam xizmatini ko‘rsatib kelmoqda.
Tantanali ochilish marosimida shahar hokimi Sh.Nisbatxonov, Respublika tez tibbiy yordam markazi Farg‘ona filiali direktori Bahromjon Tashbaltayev va jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.