Shifoxona xodimlari “Amirsoy” dam olish maskaniga sayohat uyushtirdi

Viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida ishchi-xodimlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli va maroqli o‘tkazish, ularning hordiq chiqarishlari uchun barcha shart – sharoitlar yaratilgan.

Yaqinda shifoxonada uzoq yillar davomida faol xizmat qilib kelayotgan 28 nafar kichik tibbiyot xodimlari Toshkent viloyati “Amirsoy” dam olish maskaniga sayohat uyushtirildi.

—“Yaxshi dam – mehnatga hamdam” degan naql xalqimizda bejizga aytilmagan,—deydi markaz bosh vrachi Odiljon Umarov. — Ishchi va xodimlarimiz ikki kun bo‘lsa ham tog‘ bag‘rida dam olib, yaxshi kayfiyat bilan qaytdilar.

Bunday sayohatlar kelgusida xodimlarning ruhiyatini ko‘tarishda, balki kelgusida mehnat jamoasida sog‘lom muhit yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi.