Ko‘mirning ayollar homilasiga ta’siri.

Foto: life.ru

Eng nufuzli ilmiy jurnallardan biri Nature jurnali ko‘mir yonishidan ajraladigan tashlamalarning homila tushishiga ta’siri bo‘yicha tadqiqotni nashr etgan.

Maqola mualliflari shu paytgacha go‘yoki buni isbotlash qiyin bo‘lgan, ammo juda ham xavotirli qarashlarni isbotlay olishdi: agar homilador ayol homilaning birinchi uch oyligida uglerod chiqindilariga duchor bo‘lsa, homila tushishi ehtimoli sezilarli darajada oshadi.

Tadqiqot Xitoyning Baotsi okrugi ko‘mir yonishi asosida isitish mavsumiini o‘tkazadigan Shensi viloyatida o‘tkazildi. Qishda hudud aholisi uylarini isitish uchun faol ko‘mir yoqadilar.

Tadqiqot 2018-2019 yillarni qamrab olib, tadqiqot 19 yoshdan 44 yoshgacha bo‘lgan 770 ta homilador ayol orasida o‘tkazildi. Bu qamrov tadqiqot o‘tkazish va u asosida ishonli xulosalarini chiqarish uchun yetarlidir. Afsuski, homilador ayollarning ikki xomila davri uchun bola tushish ko‘rsatkichi mos ravishda 15 va 25 % ni tashkil etgan. Ya’ni ko‘mir konsentratsiyalari sabab, 4 xomiladan bittasi muvaffaqiyatsizlikka uchragan.

Xomila tushishi asosan qish va bahorga to‘g‘ri kelgan bo‘lib, uni ko‘mir yonishidan ajralgan havoni ifloslantiruvchi omillardan RM-2.5 zarralari 3,6% -15,6% ga; oltingugurt dioksidi – 43,2% -42,9% ga; azot dioksidi – 12,1% -15,9% ga oshirgan.