Buvijonlar uchun foydali muloqot (foto+video)

Farg‘ona shahar ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasida “Sog‘lom turmush tarzi — uzoq umr garovi” mavzusida tibbiy-ma’rifiy uchrashuv tashkil etildi. Unda viloyatda faoliyat yuritayotgan “Buvijonlar maktabi” kengashining 20 nafardan ortiq faxriy a’zosi qatnashdi.

Uchrashuvni poliklinika mudiri Abduvahob Arabboyev ochib berib, bunday muloqotlar aholining tibbiy savodxonligini oshirish, profilaktika madaniyatini shakllantirish hamda sog‘lom hayot tamoyillarini keng targ‘ib etishda muhim o‘rin tutishini ta’kidladi.

Dastur davomida bir qator mutaxassislar o‘z sohalariga oid dolzarb mavzular yuzasidan ma’ruza qildi. Xususan, onkolog Vasilaxon Sayidrasulova, endokrinolog Gulnoraxon Polvonova, travmatolog Humoyun Toshvoldiyev va kardiolog Oybek O‘rinov kasalliklarning oldini olish, ularni erta aniqlash hamda salomatlikni mustahkamlashga qaratilgan tavsiyalar bilan o‘rtoqlashdi.

Faxriylar shifokorlar chiqishlarini katta qiziqish bilan tinglab, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldi.

photo_2026-06-19_19-05-46
photo_2026-06-19_19-05-47
photo_2026-06-19_19-05-46 (3)
photo_2026-06-19_19-05-46 (2)
photo_2026-06-19_19-05-49 (2)
photo_2026-06-19_19-05-48
photo_2026-06-19_19-05-50
photo_2026-06-19_19-05-49

Ochiq muloqot ruhida kechgan uchrashuvda tibbiy maslahatlar hayotiy misollar asosida tushuntirib berildi.

Yakunda tibbiyot xodimlarining mehnatiga yuksak baho berilib, ularga minnatdorchilik izhor etildi. Shuningdek, qatnashchilar bu kabi tibbiy-ma’rifiy muloqotlarni muntazam o‘tkazib borish maqsadga muvofiq ekanini ta’kidlashdi.