—O‘zbekchilikda nahorgi osh tadbiri bor. Ertalabda organizm uyg‘onmasdan, og‘ir ovqat – yog‘li osh yeymiz. Bular esa noto‘g‘ri, — deydi kardiolog Fattox Mirzayev. — Agar sog‘lom turmush tarziga rioya etmasak, to‘g‘ri ovqatlanmasak organizmimizda o‘zgarishlar paydo bo‘la boshlaydi. Qon-tomirlarda yog‘, yurak klapanlarida tuz yig‘iladi. Natijada klapanlar qattiqlashib, fibrozga o‘tadi va klapanlar ishlashi susayib boraveradi. Oxir oqibat inson jarrohlik amaliyotiga muhtoj bo‘ladi.
Mazkur videolavhada Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Farg‘ona filialida o‘tkazilgan yana bir amaliyot haqida so‘z yuritiladi.