Yangi 2025 yilning ilk soniyalarida Oltiariq tumani markaziy shifoxonasidagi tug‘ruq bo‘limida o‘g‘il chaqaloq dunyoga keldi. Tug‘ilgan bu chaqaloqning vazni 3.8 kilogramni tashkil qilgan. 2025 yilning 1 yanvar soat 00:00da O‘.Qaxxorovaning o‘z chaqalog‘ini dunyoga keltirgani haqida tug‘ilganlarni qayd etish kitobiga yozilgan.
Shuningdek, soat 00:10 da Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Farg‘ona viloyat filialida 3.1 kg bo‘lgan o‘g‘il farzand tug‘ilgani qayd etildi. Ayni vaqtda chaqaloqlar ham, uning onalari ham sog‘lom.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 1 yanvar kuni Farg‘ona viloyatida 244 nafar chaqaloq tug‘ilgan.
Yangi yil bayrami va dam olish kunlarida tibbiyot muassasalari tunu kun ishladi.