{"id":1650,"date":"2026-11-20T09:01:52","date_gmt":"2026-11-20T04:01:52","guid":{"rendered":"https:\/\/soglomfargona.uz\/?p=1650"},"modified":"2026-11-20T09:07:14","modified_gmt":"2026-11-20T04:07:14","slug":"%d0%be%d2%9b-%d1%85%d0%b0%d0%bb%d0%b0%d1%82%d0%b4%d0%b0%d0%b3%d0%b8-60-%d0%b9%d0%b8%d0%bb%d0%bb%d0%b8%d0%ba-%d1%83%d0%bc%d1%80","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/soglomfargona.uz\/uz\/1650\/","title":{"rendered":"Oq xalatdagi 60 yillik umr"},"content":{"rendered":"<p>Inson umrida shunday kasblar borki, ularda har bir daqiqa, har bir qaror va har bir harakat kimningdir taqdiriga daxldor. Ayniqsa, bolalar reanimatsiyasida ishlash shifokordan nafaqat bilim va tajriba, balki yuksak mas\u2019uliyatni ham talab etadi.<\/p>\n<p>Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Farg\u2018ona filiali bolalar anesteziologiya-reanimatsiya bo\u2018limi shifokori Shuxrat Saydaxmedov uchun bu kasb qariyb qirq yildan buyon hayot mazmuniga aylangan.<\/p>\n<p>U 1966 yil 18 noyabrda Farg\u2018ona tumanida tug\u2018ilgan. 1982 yilda Andijon davlat tibbiyot institutiga o\u2018qishga kirib, 1989 yilda tahsilni yakunladi. Keyingi yillarda Farg\u2018ona viloyati bolalar shifoxonasida internatura o\u2018tab, mehnat faoliyatini anesteziolog-reanimatolog sifatida boshladi.<\/p>\n<p>Uning kasbiy yo\u2018li turli shifoxona va tibbiyot muassasalari bilan bog\u2018liq. Farg\u2018ona tumani markaziy shifoxonasi, Mindon shifoxonasi, Chimyon shifoxonasidagi faoliyati davomida davolovchi shifokor, reanimatsiya bo\u2018limi mudiri, bosh shifokor kabi vazifalarda ishladi. Bu yillar unga nafaqat amaliy tajriba, balki tibbiyotni tashkil etish borasida ham bilim va ko\u2018nikmalar berdi.<\/p>\n<p>2000 yildan buyon esa Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Farg\u2018ona filialida bolalar anesteziolog-reanimatologi sifatida mehnat qilib kelmoqda. Bolalarning og\u2018ir ahvoldagi daqiqalarida ularning hayoti va salomatligi uchun mas\u2019uliyatni zimmasiga olib kelayotgan shifokorning bu yerdagi faoliyatiga ham 26 yil bo\u2018ldi.<\/p>\n<p>Shu yillar davomida viloyatimiz bolalariga shoshilinch tibbiy yordam ko\u2018rsatish, ular salomatligini tiklash yo\u2018lidagi mehnati hamkasblari tomonidan qadrlanadi.<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Respublikasi Davlat bayrog\u2018i qabul qilinganining 35 yilligi nishonlangan sanada Shuxrat Saydaxmedov ham 60 yoshni qarshiladi. Tug\u2018ilgan kuni munosabati bilan muassasa ma\u2019muriyati, kasaba uyushmasi tashkiloti va jamoasi unga samimiy ehtirom bildirib, uzoq umr, mustahkam sog\u2018liq va oilaviy xotirjamlik tiladi.<\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Farg\u2018ona filiali bolalar anesteziologiya-reanimatsiya bo\u2018limi shifokori Shuxrat Saydaxmedov uchun bu kasb qariyb qirq yildan buyon hayot mazmuniga aylangan.<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":1651,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[21],"tags":[],"class_list":["post-1650","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-technology"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/soglomfargona.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/1650","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/soglomfargona.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/soglomfargona.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/soglomfargona.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/soglomfargona.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=1650"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/soglomfargona.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/1650\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":1652,"href":"https:\/\/soglomfargona.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/1650\/revisions\/1652"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/soglomfargona.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/1651"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/soglomfargona.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=1650"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/soglomfargona.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=1650"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/soglomfargona.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=1650"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}