{"id":1596,"date":"2026-11-17T13:49:13","date_gmt":"2026-11-17T08:49:13","guid":{"rendered":"https:\/\/soglomfargona.uz\/?p=1596"},"modified":"2026-11-17T19:55:57","modified_gmt":"2026-11-17T14:55:57","slug":"%d0%b1%d0%b5%d1%88-%d1%85%d0%b8%d0%bb-%d0%b4%d0%be%d1%80%d0%b8-%d2%b3%d0%b0%d0%bc-%d1%91%d1%80%d0%b4%d0%b0%d0%bc-%d0%b1%d0%b5%d1%80%d0%bc%d0%b0%d0%b3%d0%b0%d0%bd-%d2%9b%d0%be%d0%bd-%d0%b1%d0%be%d1%81","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/soglomfargona.uz\/uz\/1596\/","title":{"rendered":"Besh xil dori ham yordam bermagan qon bosimi: sabab buyrak arteriyasida bo\u2018lib chiqdi"},"content":{"rendered":"<p>Qon bosimi yillar davomida yuqori bo\u2018lsa-yu, bir nechta dori vositasi ham uni nazoratga olishga yordam bermasa, muammoning sababini boshqa a&#8217;zolardan ham izlashga to\u2018g\u2018ri keladi. Ba&#8217;zan bunday holatga buyrakka qon olib boruvchi arteriyaning torayishi sabab bo\u2018ladi.<\/p>\n<p>Farg\u2018ona viloyati kardiologiya markazi mutaxassislari ana shunday muammoga duch kelgan 49 yoshli ayolda muvaffaqiyatli stentlash amaliyotini bajardi.<\/p>\n<p>Bemor ko\u2018p yillar davomida qon bosimining 190\/130 mm simob ustunigacha ko\u2018tarilishidan aziyat chekkan. Hatto besh xil qon bosimini tushiruvchi dori vositasini qabul qilganiga qaramay, uning ahvolida kutilgan o\u2018zgarish kuzatilmagan.<\/p>\n<p>Tekshiruvlar davomida dastlab o\u2018ng buyrak arteriyasining torayishi aniqlandi. Komp&#8217;yuter tomografiyasi esa tomir qariyb 85 foizga torayganini ko\u2018rsatdi. Tashxis \u2014 o\u2018ng buyrak arteriyasi aterosklerozi.<\/p>\n<h3><strong>Buyrak arteriyasi toraysa, qon bosimi nega ko\u2018tariladi?<\/strong><\/h3>\n<p>Buyrak faqat organizmdagi qonni fil&#8217;trlash vazifasini bajarmaydi. U arterial qon bosimini boshqarishda ham muhim o\u2018rin tutadi.<\/p>\n<p>Ateroskleroz jarayonida tomir devorida yog\u2018 va xolesteringa boy blyashkalar to\u2018planadi. Bu esa tomir yo\u2018lini toraytirib, buyrakka keladigan qon oqimini kamaytiradi.<\/p>\n<p>Bunday vaziyatda buyrak qon ta&#8217;minoti yetarli emasligini sezib, qon bosimini oshiruvchi gormonal mexanizmlarni ishga tushiradi. Natijada qon tomirlar torayishi, organizmda tuz va suyuqlik ushlanib qolishi mumkin. Bu esa arterial bosimning yanada ko\u2018tarilishiga olib keladi.<\/p>\n<p>Tibbiyotda bunday holat renovaskulyar gipertoniya deb ataladi.<\/p>\n<h3><strong>Stentlashdan keyingi natija qanday?<\/strong><\/h3>\n<p>Aniqlangan torayishni bartaraf etish uchun bemorga buyrak arteriyasini stentlash tavsiya etildi. Amaliyot muvaffaqiyatli bajarilib, tomirning ochiqligi va qon oqimi tiklandi.<\/p>\n<p><iframe loading=\"lazy\" title=\"Besh xil dori ham yordam bermagan qon bosimi: sabab buyrak arteriyasida bo\u2018lib chiqdi\" width=\"540\" height=\"960\" src=\"https:\/\/www.youtube.com\/embed\/1Y3q0pQL-SY?feature=oembed\" frameborder=\"0\" allow=\"accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share\" referrerpolicy=\"strict-origin-when-cross-origin\" allowfullscreen><\/iframe><\/p>\n<p>Eng e&#8217;tiborli jihati, muolajadan bir sutka o\u2018tib, bemorning qon bosimi 120\/80 mm simob ustuniga tushdi. Markaz ma&#8217;lumotiga ko\u2018ra, hozirda u qon bosimini tushiruvchi dorilarsiz ham 110\/70\u2013120\/80 ko\u2018rsatkichlari doirasida saqlanmoqda.<\/p>\n<p>Bu holat buyrak arteriyasidagi muammoni aniqlash va tegishli muolajani tanlash bemorning ahvolini o\u2018zgartirishi mumkinligini ko\u2018rsatadi.<\/p>\n<p>\u2014Albatta, buyrak arteriyasi torayishi aniqlangan har bir bemorga stentlash tavsiya etilmaydi. Davolash usuli tomirdagi o\u2018zgarishlar, buyrak faoliyati va qon bosimining nazoratga olinish darajasiga qarab belgilanadi, deydi shifokor <strong>Fattoxjon Mirzaev<\/strong>. \u2014 Shu bois qon bosimi bir necha dori vositasiga qaramay yuqoriligicha qolayotgan hollarda uning sababini chuqur tekshirish muhim.<\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Tekshiruvlar davomida dastlab o\u2018ng buyrak arteriyasining torayishi aniqlandi. Komp&#8217;yuter tomografiyasi esa tomir qariyb 85 foizga torayganini ko\u2018rsatdi. Tashxis \u2014 o\u2018ng buyrak arteriyasi aterosklerozi.<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":1597,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[18],"tags":[],"class_list":["post-1596","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-health"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/soglomfargona.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/1596","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/soglomfargona.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/soglomfargona.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/soglomfargona.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/soglomfargona.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=1596"}],"version-history":[{"count":6,"href":"https:\/\/soglomfargona.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/1596\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":1629,"href":"https:\/\/soglomfargona.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/1596\/revisions\/1629"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/soglomfargona.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/1597"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/soglomfargona.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=1596"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/soglomfargona.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=1596"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/soglomfargona.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=1596"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}