{"id":1583,"date":"2026-11-10T12:17:37","date_gmt":"2026-11-10T07:17:37","guid":{"rendered":"https:\/\/soglomfargona.uz\/?p=1583"},"modified":"2026-11-17T23:49:00","modified_gmt":"2026-11-17T18:49:00","slug":"%d1%84%d0%b0%d1%80%d2%93%d0%be%d0%bd%d0%b0%d0%b4%d0%b0-%d1%8d%d0%bd%d0%b4%d0%be%d0%ba%d1%80%d0%b8%d0%bd%d0%be%d0%bb%d0%be%d0%b3%d0%b8%d1%8f-%d1%85%d0%b8%d0%b7%d0%bc%d0%b0%d1%82%d0%b8-%d2%9b%d0%b0","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/soglomfargona.uz\/uz\/1583\/","title":{"rendered":"Farg\u2018onada endokrinologiya xizmati qanday o\u2018zgarmoqda?"},"content":{"rendered":"<p>\u2014 To\u2018g\u2018risi, ilgari shifoxona deyilsa, ko\u2018z oldimizga qorong\u2018i xona ko\u2018rinardi. Chunki muammo ko\u2018p edi. Tibbiy xizmatdagi sifat past, sharoit og\u2018ir, oddiy tashxis uchun ham markaziy shifoxonalarda uzoq navbat kutishga majbur edik. Yaxshi eslayman, atrofimizda qandli diabet bilan og\u2018rigan insonlar ko\u2018p uchrardi. Hozir o\u2018ylab ko\u2018rsam, bizda bu kasallikni keltirib chiqaradigan omillar ko\u2018p bo\u2018lgan. Xalqaro diabet federatsiyasi ma\u2019lumotlariga ko\u2018ra, bu kasallikni keltirib chiqaruvchi asosiy omillar noto\u2018g\u2018ri ovqatlanish, kamharakatlik va hissiy depressiya.<\/p>\n<p>Bizda shu paytgacha to\u2018g\u2018ri ovqatlanish haqida hech qanday tushuncha bo\u2018lmagan. Prezidentimiz shaxsan o\u2018zi bu borada katta islohotlarni boshlab berdi. Maxsus hujjatlar qabul qilinib, sog\u2018lom turmush tarzini keng targ\u2018ib etish boshlandi. Mahallalarda sport bilan shug\u2018ullanishga sharoit yaratilmoqda. Biz shunchaki sayr va tadbirkorlik uchun yaxshi sharoit deb biladigan 24\/7 rejimdagi ko\u2018chalar ham shunga xizmat qilyapti. Oilaviy sayrlar ruhiy quvvat bo\u2018ladi axir!<\/p>\n<p>Natijada kasallikning oldini olish, erta aniqlash, davolash bilan bog\u2018liq chora-tadbirlar ko\u2018lami kundan kunga ortib bormoqda. Akademik Yorqinjon To\u2018raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Farg\u2018ona filialida diabet kasalligiga chalingan bemorlar yuqori malaka bilan davolanmoqda. Bundan tashqari, xastalikning oldini olish, aholi o\u2018rtasida sog\u2018lom turmush tarzini targ\u2018ib qilish, diabetga chalinish sonini imkon qadar kamaytirish borasida ibratli ishlar qilinyapti.<\/p>\n<p>\u2014 Qandli diabet surunkali kasallik. Uni vaqtida aniqlab davolash shart, \u2014 deydi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Farg\u2018ona filiali direktori v.b. A\u2019zamjon Isroilov. \u2014 Shu bois, barcha shahar-tumanlardagi patronaj hamshiralarga ham endokrin kasalliklar, uning alomatlari va profilaktikasi xususida tushuncha berib kelyapmiz. Bundan tashqari, tuman tibbiyot birlashmalarida imkon darajasida xavf guruhidagi fuqarolar uchun o\u2018rinlar ajratilgan. Eng ko\u2018p uchraydigan 6 ta nozologiya bo\u2018yicha bemor yo\u2018nalishi ishlab chiqildi va 1473 oilaviy shifokor va 1227 hamshira o\u2018qitildi. Ilgari 100 ming aholiga 1 ta endiokrinolog shtati bor edi. Hozirgi kunda bu miqdor 30 mingtani tashkil qiladi.<\/p>\n<p>Filialdagi \u201cDiabet maktabi\u201dda xastalik bilan og\u2018rigan bemorlarga ilmiy asoslangan tavsiyalar berish, foydali ko\u2018nikmalarni hosil qilishiga ko\u2018maklashilyapti.<\/p>\n<p>\u2014 Qandli diabet oshqozon osti bezi faoliyatida buzilish yuz berishi, insulin ishlab chiqarilishi kamayishi natijasida paydo bo\u2018ladi. Bunga, asosan, noto\u2018g\u2018ri ovqatlanish, kamharakatlik, ortiqcha vazn va irsiy moyillik sabab, \u2014 deydi \u201cDiabet maktabi\u201d bosh yo\u2018riqchisi Ma\u2019muraxon Yoqubova. \u2014 Ko\u2018p hollarda kasallik alomatlariga e\u2019tiborsizlik qilamiz. Bemorlar parhez so\u2018zini eshitishi bilan o\u2018zini juda mushkul vazifa olayotganday sezadi. Biz ularga o\u2018zini o\u2018zi nazorat qilishni, soddaroq aytsak, \u201cqandli diabet bilan yashash\u201dni o\u2018rgatamiz. Mashg\u2018ulotlardan to\u2018g\u2018ri xulosa chiqarib, kundalik hayotida sog\u2018lom turmush tarziga amal qilib, xastalikni yengayotganlar ko\u2018pchilikni tashkil qilmoqda. Kelgusida \u201cSog\u2018lom ovqatlanish markazi\u201d tashkil etishni reja qilganmiz. Bu yerda parhez taomlar pishiriladi, shuningdek, fitobar, fitnes xonalari faoliyat yuritadi, mutaxassislar ma\u2019ruzalari, davra suhbatlari bo\u2018ladi.<\/p>\n<p>O\u2018quv mashg\u2018ulotlari davomida yuqumsiz xastalikning kelib chiqishidan tortib, asoratlarga qarshi muolaja tadbirlari, hayot tarzini rejalashtirish va foydali taomlanish usullari haqida tushunchalar berib boriladi, og\u2018ir bosqichlarning oldini olish bo\u2018yicha ko\u2018nikmalar hosil qilinadi.<\/p>\n<p>Bularning barchasi yangi O\u2018zbekiston tibbiyotining bugungi qiyofasi qanchalik o\u2018zgarib, xalqchil bo\u2018lib borayotganini ko\u2018rsatadi. Yana bir muhim jihat haqida aytmoqchiman. Yurtimizda og\u2018ir xastalikka yo\u2018liqqan bemorlarni davolashda xalqimiz O\u2018zbekiston ijtimoiy davlat ekanini yurakdan his etmoqda.<\/p>\n<p>Mana bitta hayotiy misol. Quva tumanida yashovchi Maftuna Ahmedovada tugunli buqoq qalqonsimon bez o\u2018sma kasalligi aniqlangan. Kasallikning zo\u2018rayishi natijasida bemor turli klinikalarda zarur tibbiy tekshiruvlardan o\u2018tgan. Ammo jarrohlik amaliyotini o\u2018tkazish uchun oilaning iqtisodiy imkoniyati yo\u2018l bermagani bois, davolana olmagan. Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Farg\u2018ona filiali huzurida endokrinologiya bo\u2018yicha maxsus xirurgiya bo\u2018limi faoliyati yo\u2018lga qo\u2018yilgan. Shu sabab odamlar og\u2018iri yengil, uzog\u2018i yaqin bo\u2018lyapti.<\/p>\n<p>\u2014 Kasallik haqida eshitib, tushkunlikka tushdim, \u2014 deydi Maftuna. \u2014 Davolanish uchun xorijga borish, jarrohlik amaliyoti uchun katta mablag\u2018 talab etilardi. O\u2018zimizda ham bunday murakkab jarrohlik amaliyoti o\u2018tkazilayotganini etishib, hayotga umidim ortdi. Bu yerda jarrohlik uchun katta mablag\u2018 shart bo\u2018lmadi. Amaliyot muvaffaqiyatli o\u2018tdi. Boshqalar qatori sog\u2018-salomat hayot kechiryapman.<\/p>\n<p>Zamonaviy tibbiy uskuna va jihozlar uchun yo\u2018naltirilayotgan investitsiya hamda sohadagi ilmiy salohiyatning yuksalib borayotgani kasalliklarni erta aniqlash imkonini bermoqda. Eng muhimi, bemorlar ortiqcha sarf-xarajat qilmasdan, o\u2018zlari yashab turgan hududda sifatli davolanib sog\u2018ayayotgani ko\u2018plab oilalarga haqiqiy quvonch va shodlik olib kirmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: right;\"><strong>Rasuljon KAMOLOV, <\/strong><br \/>\n<strong>\u201cYangi O\u2018zbekiston\u201d gazetasi muxbiri.<\/strong><\/p>\n<p><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Filialdagi \u201cDiabet maktabi\u201dda xastalik bilan og\u2018rigan bemorlarga ilmiy asoslangan tavsiyalar berish, foydali ko\u2018nikmalarni hosil qilishiga ko\u2018maklashilyapti.<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":1584,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[14],"tags":[],"class_list":["post-1583","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-exclusive"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/soglomfargona.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/1583","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/soglomfargona.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/soglomfargona.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/soglomfargona.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/soglomfargona.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=1583"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/soglomfargona.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/1583\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":1646,"href":"https:\/\/soglomfargona.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/1583\/revisions\/1646"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/soglomfargona.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/1584"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/soglomfargona.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=1583"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/soglomfargona.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=1583"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/soglomfargona.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=1583"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}