{"id":1553,"date":"2026-11-07T00:44:35","date_gmt":"2026-11-06T19:44:35","guid":{"rendered":"https:\/\/soglomfargona.uz\/?p=1553"},"modified":"2026-11-21T19:26:14","modified_gmt":"2026-11-21T14:26:14","slug":"%d1%84%d0%b0%d1%80%d2%93%d0%be%d0%bd%d0%b0%d0%bb%d0%b8%d0%ba-%d1%82%d0%b8%d0%b1%d0%b1%d0%b8%d1%91%d1%82-%d1%85%d0%be%d0%b4%d0%b8%d0%bc%d0%bb%d0%b0%d1%80%d0%b8%d0%b3%d0%b0-%d0%b1%d0%b0%d0%b9%d1%80","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/soglomfargona.uz\/uz\/1553\/","title":{"rendered":"Farg\u2018onalik tibbiyot xodimlariga bayram tabrigi"},"content":{"rendered":"<p><strong>Hurmatli soha faxriylari, aziz shifokorlar, hamshiralar va farmatsevtika xodimlari!<\/strong><\/p>\n<p>Avvalo, barchangizni Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman!<\/p>\n<p>Inson hayoti va salomatligini asrash, xastaliklarga qarshi kurashish, odamlarga umid va ishonch bag\u2018ishlashdek sharafli vazifani zimmasiga olgan tibbiyot xodimlarining mehnati hamisha yuksak qadrga munosib.<\/p>\n<p>Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahbarligida amalga oshirilayotgan islohotlar tufayli viloyatimiz tibbiyotida ham sezilarli o\u2018zgarishlar yuz bermoqda. So\u2018nggi besh yilda sohaga 658 milliard so\u2018m yo\u2018naltirilib, 166 ta tibbiyot muassasasi qurildi va rekonstruksiya qilindi.<\/p>\n<p>Bugungi kunda asosiy e\u2019tibor aholiga yaqin joyda sifatli tibbiy yordam ko\u2018rsatish, kasalliklarning oldini olish va ularni erta aniqlashga qaratilmoqda. Joriy yilda 2 million 257 ming nafar aholi skrining tekshiruvlaridan o\u2018tkazildi, emlash qamrovi esa 99,8 foizga yetdi.<\/p>\n<p>Ixtisoslashgan tibbiy yordam imkoniyatlari ham kengaymoqda. Viloyatimizda 25 turdagi yuqori texnologik operatsiyalar yo\u2018lga qo\u2018yilib, joriy yilda 18 mingta jarrohlik amaliyoti bajarildi.<\/p>\n<p>Davlat tibbiy sug\u2018urtasi mexanizmlari ham aholi manfaatlariga xizmat qilmoqda. Ushbu tizim doirasida 411 ming nafar aholiga 2,8 trillion so\u2018mlik kafolatlangan tibbiy yordam ko\u2018rsatildi.<\/p>\n<p>Farmatsevtika sanoatida ham o\u2018sish kuzatilmoqda. Viloyatdagi 56 ta korxonada 196 milliard so\u2018mlik mahsulot ishlab chiqarilib, o\u2018sish sur\u2019ati 150,8 foizni tashkil etdi.<\/p>\n<p>Albatta, bu natijalar bilan bir qatorda oldimizda turgan vazifalar ham ko\u2018p. Birlamchi tibbiy yordamni yanada kuchaytirish, kasalliklarning oldini olish, onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish, zamonaviy texnologiyalarni amaliyotga joriy etish hamda malakali kadrlarni qo\u2018llab-quvvatlash bundan buyon ham asosiy e\u2019tiborimizda bo\u2018ladi.<\/p>\n<p>Bu vazifalarni amalga oshirishda har bir shifokor, hamshira, farmatsevt va tibbiyot tizimining barcha xodimlari muhim o\u2018rin tutadi. Shu fursatdan foydalanib, soha rivojiga munosib hissa qo\u2018shib kelayotgan barcha hamkasblarimizga, ko\u2018p yillik tajribasi bilan yoshlarga o\u2018rnak bo\u2018layotgan faxriylarimizga samimiy minnatdorlik bildiraman.<\/p>\n<p>Barchangizga mustahkam sog\u2018liq, oilaviy xotirjamlik, sharafli va mas\u2019uliyatli faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman. Xalqimiz salomatligi yo\u2018lidagi ezgu ishlaringizda doimo kuch-g\u2018ayrat va shijoat hamroh bo\u2018lsin!<\/p>\n<p><strong>Kasb bayramingiz muborak bo\u2018lsin!<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: right;\"><strong>Ramzbek O\u2018TABOYeV,<br \/>\nFarg\u2018ona viloyati sog\u2018liqni saqlash boshqarmasi boshlig\u2018i v.v.b.<\/strong><\/p>\n<p>&#8212;&#8212;&#8212;-<\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Barchangizni Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman!<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":1555,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[15],"tags":[],"class_list":["post-1553","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-fashion"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/soglomfargona.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/1553","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/soglomfargona.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/soglomfargona.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/soglomfargona.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/soglomfargona.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=1553"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/soglomfargona.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/1553\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":1661,"href":"https:\/\/soglomfargona.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/1553\/revisions\/1661"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/soglomfargona.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/1555"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/soglomfargona.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=1553"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/soglomfargona.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=1553"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/soglomfargona.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=1553"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}