{"id":1519,"date":"2026-10-27T13:35:36","date_gmt":"2026-10-27T08:35:36","guid":{"rendered":"https:\/\/soglomfargona.uz\/?p=1519"},"modified":"2026-11-21T19:32:41","modified_gmt":"2026-11-21T14:32:41","slug":"qaramlikni-yashirish-emas-davolash-kerak","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/soglomfargona.uz\/uz\/1519\/","title":{"rendered":"Qaramlikni yashirish emas, davolash kerak"},"content":{"rendered":"<p><em>Giyohvandlik va alkogolga qaramlik \u2014 insonning o\u2018ziga, oilasiga va jamiyatga ta\u2019sir qiladigan jiddiy tibbiy muammo. <\/em><em>Uni vaqtida anglash va yordam so\u2018rash esa sog\u2018lom hayotga qaytish yo\u2018lidagi muhim qadamdir.<\/em><\/p>\n<p>Inson ichishni yoki giyohvand moddalarni iste\u2019mol qilishni tashlashga bir necha bor urinadi. O\u2018ziga so\u2018z beradi, yaqinlariga va\u2019da qiladi. Ammo biroz vaqt o\u2018tgach, yana avvalgi holatiga qaytadi. Oila a\u2019zolari buni iroda sustligi deb tushunishi, tanbeh berishi yoki muammoni boshqalardan yashirishga urinishi mumkin. Aslida esa bunday vaziyat ortida mutaxassis yordamini talab qiladigan qaramlik bo\u2018lishi ehtimoldan xoli emas.<\/p>\n<p>Qaramlik \u2014 oddiy odat yoki iroda yetishmasligi bilangina izohlanadigan holat emas. Uning shakllanishida biologik, ruhiy va ijtimoiy omillar ishtirok etadi. Ruhiy zo\u2018riqish, atrofdagilarning ta\u2019siri, ayrim hayotiy qiyinchiliklar va moddalarning o\u2018ziga xos ta\u2019siri xavfni kuchaytirishi mumkin.<\/p>\n<p>Shu bois muammoni faqat taqiqlash, koyish yoki jazolash bilan hal etib bo\u2018lmaydi. Avvalo, uning sabablarini tushunish va zarur tibbiy yordamni tashkil etish kerak.<\/p>\n<h3><strong>Alkogolning zarari ko\u2018pincha kech anglanadi<\/strong><\/h3>\n<p>Alkogolli ichimliklar kundalik hayotda keng tarqalganligi sababli ularning xavfi ba\u2019zan yetarlicha baholanmaydi. Ayrimlar pivo yoki boshqa ichimliklarni kuchli alkogolli ichimliklarga qaraganda zararsizroq deb hisoblaydi. Biroq alkogol tarkibidagi etanol markaziy asab tizimiga ta\u2019sir qiluvchi, qaramlikni yuzaga keltirishi mumkin bo\u2018lgan moddadir.<\/p>\n<p>Alkogol fikrlash, muvozanat va qaror qabul qilish qobiliyatini susaytiradi. Uni muntazam va ko\u2018p miqdorda iste\u2019mol qilish esa jigar, yurak-qon tomir tizimi hamda boshqa a\u2019zolarga zarar yetkazishi, ayrim saraton kasalliklari va ruhiy buzilishlar xavfini oshirishi mumkin.<\/p>\n<p>Jahon sog\u2018liqni saqlash tashkilotining 2024-yilda e\u2019lon qilingan, 2019-yil ma\u2019lumotlariga asoslangan hisobotida dunyo bo\u2018yicha 400 million kishi alkogol iste\u2019moli bilan bog\u2018liq buzilishlar bilan yashagani, ularning 209 million nafari alkogolga qaram bo\u2018lgani qayd etilgan. Bu raqamlar muammoning ko\u2018lamini ko\u2018rsatadi.<\/p>\n<p>Yana bir muhim jihat bor: uzoq vaqt alkogol iste\u2019mol qilgan inson uni birdan to\u2018xtatganda og\u2018ir abstinent sindrom rivojlanishi mumkin. Kuchli titroq, tutqanoq, ongning chalkashishi yoki gallyutsinatsiyalar shunday xavfli holatlardan \u0434\u0430\u0440\u0430\u043a berishi mumkin. \u0411\u0443\u043d\u0434\u0430\u0439 vaziyatda shoshilinch tibbiy yordam zarur. Shu sababli og\u2018ir qaramlik mavjud bo\u2018lsa, ichishni to\u2018xtatish jarayonini shifokor bilan maslahatlashmasdan boshlash xavfli.<\/p>\n<h3><strong>Qaramlikning dastlabki belgilarini o\u2018tkazib yubormang<\/strong><\/h3>\n<p>Muammoni erta aniqlash uchun insonning xulq-atvori va kundalik hayotidagi o\u2018zgarishlarga e\u2019tibor berish lozim. O\u2018qish yoki ishga qiziqishning pasayishi, oiladan uzoqlashish, uyqu va kayfiyatning o\u2018zgarishi, modda iste\u2019moli ustidan nazoratni yo\u2018qotish shular jumlasidan bo\u2018lishi mumkin.<\/p>\n<p>Ayniqsa, inson iste\u2019molni kamaytirishga yoki butunlay to\u2018xtatishga urinib, bunga erisha olmasa, sog\u2018lig\u2018i va munosabatlariga zarar yetayotganini bilsa-da, iste\u2019molni davom ettirsa, mutaxassisga murojaat qilish kerak. Biroq bu belgilar o\u2018z-o\u2018zidan tashxis qo\u2018yish uchun yetarli emas. Ularni shifokor baholashi lozim.<\/p>\n<p>Yoshlar orasida profilaktika ham alohida e\u2019tibor talab qiladi. Ota-onaning farzandi bilan ochiq muloqot qilishi, uning tashvishlarini tinglashi va qiyinchiliklarini mensimasligi emas, tushunishga urinishi muhim. Ta\u2019lim muassasalari, mahalla va tibbiyot xodimlarining hamkorligi esa yoshlarga zararli moddalar oqibatlarini tushuntirish va kerakli paytda yordamga yo\u2018naltirish imkonini beradi.<\/p>\n<h3><strong>Davolash \u2014 bir martalik jarayon emas<\/strong><\/h3>\n<p>Narkologik kasalliklarni davolash har bir bemorning holatiga qarab belgilanadi. Bunda tibbiy ko\u2018rik, zarur hollarda dori vositalari, psixoterapiya, motivatsion suhbatlar, oila ko\u2018magi va reabilitatsiya muhim o\u2018rin tutadi.<\/p>\n<p>Davolashning maqsadi faqat modda iste\u2019molini to\u2018xtatish emas. Insonning jismoniy va ruhiy salomatligini tiklash, oilaviy munosabatlarini yaxshilash hamda mehnat va ijtimoiy hayotga qaytishiga ko\u2018maklashish ham muhimdir.<\/p>\n<p>Ba\u2019zan davolanish davomida inson yana iste\u2019mol qilishga qaytishi mumkin. Buni yordam berishdan voz kechish uchun sabab deb bilmaslik kerak. Aksincha, vaziyatni tahlil qilish, davolash rejasini qayta ko\u2018rib chiqish va bemorni qo\u2018llab-quvvatlash zarur.<\/p>\n<h3><strong>Eng muhimi \u2014 vaqtida yordam so\u2018rash<\/strong><\/h3>\n<p>Qaramlikka duch kelgan insonni haqoratlash, kamsitish yoki undan yuz o\u2018girish muammoni hal qilmaydi. Aksincha, bunday munosabat uning yakkalanishiga va tibbiy yordamga murojaat qilishni kechiktirishiga olib kelishi mumkin.<\/p>\n<p>Agar inson alkogol yoki boshqa psixoaktiv moddalarni iste\u2019mol qilishni nazorat qilishda qiynalayotgan bo\u2018lsa, narkolog mutaxassisga murojaat qilishi lozim. Yaqinlari esa uni ayblash o\u2018rniga, yordam olishga undashi va davolanish jarayonida qo\u2018llab-quvvatlashi kerak.<\/p>\n<p>Narkologik kasalliklarning oldini olish va ularni davolash faqat tibbiyot xodimlarining vazifasi emas. Bunda oila, ta\u2019lim muassasalari, mahalla va butun jamiyatning hamkorligi zarur.<\/p>\n<p><strong>Qaramlikni yashirish emas, uni tan olish va yordam so\u2018rash \u2014 sog\u2018lom hayot sari tashlangan muhim qadamdir.<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: right;\"><strong>Ahmadjon ZUHRIDDINOV,<\/strong><br \/>\n<strong>Respublika ixtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazi <\/strong><br \/>\n<strong>narkologiya xizmati bo\u2018yicha Farg\u2018ona viloyati filiali shifokor-narkologi.<\/strong><\/p>\n<p><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Giyohvandlik va alkogolga qaramlik \u2014 insonning o\u2018ziga, oilasiga va jamiyatga ta\u2019sir qiladigan jiddiy tibbiy muammo. Uni vaqtida anglash va yordam so\u2018rash esa sog\u2018lom hayotga qaytish yo\u2018lidagi muhim qadamdir.<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":1520,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[18],"tags":[],"class_list":["post-1519","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-health"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/soglomfargona.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/1519","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/soglomfargona.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/soglomfargona.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/soglomfargona.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/soglomfargona.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=1519"}],"version-history":[{"count":4,"href":"https:\/\/soglomfargona.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/1519\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":1669,"href":"https:\/\/soglomfargona.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/1519\/revisions\/1669"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/soglomfargona.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/1520"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/soglomfargona.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=1519"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/soglomfargona.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=1519"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/soglomfargona.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=1519"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}