{"id":1513,"date":"2026-10-22T23:56:05","date_gmt":"2026-10-22T18:56:05","guid":{"rendered":"https:\/\/soglomfargona.uz\/?p=1513"},"modified":"2026-11-21T19:35:42","modified_gmt":"2026-11-21T14:35:42","slug":"%d1%9e%d0%b7%d0%b1%d0%b5%d0%ba-%d1%82%d0%b8%d0%bb%d0%b8-%d1%8d%d0%bd%d0%b3-%d0%b3%d1%9e%d0%b7%d0%b0%d0%bb-%d1%8d%d0%bd%d0%b3-%d1%88%d0%b8%d1%80%d0%b8%d0%bd-%d1%82%d0%b8%d0%bb","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/soglomfargona.uz\/uz\/1513\/","title":{"rendered":"\u00abO\u2018zbek tili \u2014 eng go\u2018zal, eng shirin til\u00bb"},"content":{"rendered":"<p>Farg\u2018ona jamoat salomatligi tibbiyot institutida tahsil olayotgan hindistonlik talabalar o\u2018zbek tilini nafaqat o\u2018rganish, balki uning orqali xalqimiz madaniyati, adabiyoti va urf-odatlarini ham yaqindan bilishga intilmoqda. Ular orasida o\u2018zbekcha bemalol suhbatlasha oladigan, milliy qo\u2018shiqlarimizni kuylaydigan yoshlar ham bor.<\/p>\n<p>Bugun mazkur oliygohda 1619 nafar hindistonlik talaba tahsil olmoqda. Ular birinchi kursdan boshlab o\u2018zbek tilini o\u2018rganadilar. Tilni chuqurroq o\u2018zlashtirishni istaganlar esa qo\u2018shimcha mashg\u2018ulotlarda ham qatnashadilar.<\/p>\n<p>\u2014 O\u2018zbek va xorijiy tillar kafedrasida chet ellik talabalarimizga alohida o\u2018zbek tili fani o\u2018tiladi. Bu fan birinchi kursdan boshlanadi. Talabalarni mahalliy sharoitda muloqotga kirishishga, bemorlar bilan ishlash jarayonida zarur bo\u2018ladigan muloqot ko\u2018nikmalariga o\u2018rgatamiz. Keyingi bosqichlarda esa kasbiy faoliyatiga tegishli terminlar mashg\u2018ulotlarda o\u2018rgatiladi, \u2014 deydi pedagogika fanlari doktori, professor Iroda Iminoxunova.<\/p>\n<p>Raj Paxmuri ham ana shunday talabalardan. U uch yildan buyon institutda tahsil oladi. O\u2018zbekistonga ilk bor kelib, mahalliy aholi bilan muloqot qilganida o\u2018zbek tilini o\u2018rganishga qaror qilgan. Ammo bu jarayon u o\u2018ylagandek oson kechmagan.<\/p>\n<figure id=\"attachment_1514-2\" aria-describedby=\"caption-attachment-1514-2\" style=\"width: 640px\" class=\"wp-caption aligncenter\"><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"wp-image-1514 size-large\" src=\"http:\/\/soglomfargona.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/10\/Raj-1024x576.jpg\" alt=\"\" width=\"640\" height=\"360\" srcset=\"https:\/\/soglomfargona.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/10\/Raj-1024x576.jpg 1024w, https:\/\/soglomfargona.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/10\/Raj-300x169.jpg 300w, https:\/\/soglomfargona.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/10\/Raj-768x432.jpg 768w, https:\/\/soglomfargona.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/10\/Raj.jpg 1280w\" sizes=\"auto, (max-width: 640px) 100vw, 640px\" \/><figcaption id=\"caption-attachment-1514-2\" class=\"wp-caption-text\"><em>Raj Paxmuri<\/em><\/figcaption><\/figure>\n<p>\u2014 Boshida qiyin bo\u2018lgan. O\u2018zbekcha so\u2018zlar uzun. Masalan, \u00abcharchamayapman\u00bb degan so\u2018zning o\u2018zi qiziq ham, murakkab ham, \u2014 deydi u kulib. \u2014 Hozir o\u2018rganib, ko\u2018nikib ketdim. Bu yerda kursdoshlarim doim yordam berishga tayyor. \u00abMuammo bo\u2018lsa, qo\u2018ng\u2018iroq qiling\u00bb, deb qo\u2018llab-quvvatlashadi. Shuning uchun keyinchalik qiyinchilik sezmadim.<\/p>\n<p>Raj bugun o\u2018zbek tilida turli mavzularda suhbatlasha oladi. U xalqimizning muomala madaniyati va samimiy munosabatini ham qadrlaydi. Qolaversa, o\u2018zbeklar bilan suhbatlashganda ularni Hindiston madaniyati ham qiziqtirishini yaxshi biladi.<\/p>\n<p>\u2014 O\u2018zbeklarga Bollivud, Raj Kapur, Shohrux Xon va hind qo\u2018shiqlari qiziq. Bobur avlodlari va Tojmahal haqida ham so\u2018rashadi. Men ularga bilganlarimni aytib beraman. Ayrim so\u2018zlar hind va o\u2018zbek tillarida bir-biriga yaqin. Masalan, \u00abgul\u00bb so\u2018zi hind tilida ham bor. O\u2018zbek tilini yaxshi ko\u2018raman. Bu til eng go\u2018zal, eng shirin til. So\u2018zlasam, qalbimdan so\u2018zlayman, \u2014 deydi talaba.<\/p>\n<p>Rajning o\u2018zbek tiliga qiziqishi suhbat bilan cheklanmaydi. U o\u2018zbek shoir va yozuvchilari haqida ma\u2019lumot olish, milliy qo\u2018shiqlarni o\u2018rganish, turli tanlovlarda ishtirok etishga ham ishtiyoqmand. Hatto hind filmlarini o\u2018zbek tiliga tarjima qilishga harakat qiladi.<\/p>\n<p>Nadimini Nimagari ham o\u2018zbek tili va madaniyatiga mehr qo\u2018ygan talabalardan. Uning qalbidan, ayniqsa, Farg\u2018ona qo\u2018shiqlari joy olgan. \u00abOmon yor\u00bb qo\u2018shig\u2018ini juda yaxshi ko\u2018radi. Milliy taomlarimiz ham unga manzur.<\/p>\n<figure id=\"attachment_1515-2\" aria-describedby=\"caption-attachment-1515-2\" style=\"width: 640px\" class=\"wp-caption aligncenter\"><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"wp-image-1515 size-large\" src=\"http:\/\/soglomfargona.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/10\/\u041d\u0430\u0434\u0438\u043c\u0438\u043d\u0438-1024x576.jpg\" alt=\"\" width=\"640\" height=\"360\" srcset=\"https:\/\/soglomfargona.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/10\/\u041d\u0430\u0434\u0438\u043c\u0438\u043d\u0438-1024x576.jpg 1024w, https:\/\/soglomfargona.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/10\/\u041d\u0430\u0434\u0438\u043c\u0438\u043d\u0438-300x169.jpg 300w, https:\/\/soglomfargona.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/10\/\u041d\u0430\u0434\u0438\u043c\u0438\u043d\u0438-768x432.jpg 768w, https:\/\/soglomfargona.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/10\/\u041d\u0430\u0434\u0438\u043c\u0438\u043d\u0438.jpg 1280w\" sizes=\"auto, (max-width: 640px) 100vw, 640px\" \/><figcaption id=\"caption-attachment-1515-2\" class=\"wp-caption-text\"><em>Nadimini Nimagari<\/em><\/figcaption><\/figure>\n<p>\u2014 O\u2018zbek xalqi juda xushmuomala. Bu yerda odamlar doim chiroyli gapirishadi. Institutimizdagi barcha hind talabalari ham o\u2018zbek tilini bilmaydi. Shuning uchun ko\u2018cha-ko\u2018yda ularga tarjimonlik qilishimga to\u2018g\u2018ri keladi. Qo\u2018limdan kelganicha yordam beraman, \u2014 deydi Nadimini.<\/p>\n<p>U o\u2018zbek tilini o\u2018rganish bilan birga xalqimizning madaniyati va qadriyatlarini ham chuqurroq bilishga harakat qiladi. Yaqinda ta\u2019lim vazirligi tomonidan tashkil etilgan xalqaro tanlovda ishtirok etib, o\u2018zbek tilida ma\u2019ruza qilgan, o\u2018zbek xalqi madaniyati haqida so\u2018zlab bergan.<\/p>\n<p>Institutda o\u2018zbek tilini yaxshi o\u2018zlashtirgan xorijlik talabalar boshqalarga ham ko\u2018maklashadi. Bu esa til o\u2018rganishning amaliy ahamiyatini ko\u2018rsatadi: kundalik muloqotda bir-birlariga yordam beradi, yangi do\u2018stlar orttiradi va mahalliy muhitga tezroq moslashadi.<\/p>\n<p>Raj va Nadiminining hikoyalari tilni o\u2018rganish faqat yangi so\u2018zlarni o\u2018zlashtirishdan iborat emasligini ko\u2018rsatadi. Til orqali xalqning madaniyati, qadriyatlari va odamlarga munosabati ham kashf etiladi. Hindistonlik yoshlarning o\u2018zbekcha suhbatlashishi, milliy qo\u2018shiqlarimizni kuylashi va madaniyatimizga qiziqishi esa ikki xalq o\u2018rtasidagi do\u2018stlikning samimiy ifodasidir.<\/p>\n<p><iframe loading=\"lazy\"  id=\"_ytid_22924\" width=\"640\" height=\"360\" src=\"https:\/\/www.youtube.com\/embed\/3MteBs_rqyA?enablejsapi=1&#038;autoplay=0&#038;cc_load_policy=0&#038;iv_load_policy=1&#038;loop=0&#038;modestbranding=0&#038;rel=1&#038;showinfo=1&#038;playsinline=0&#038;autohide=2&#038;theme=dark&#038;color=red&#038;wmode=opaque&#038;vq=&#038;controls=2&#038;\" frameborder=\"0\" class=\"__youtube_prefs__\" allowfullscreen data-no-lazy=\"1\"><\/iframe><\/p>\n<p style=\"text-align: right;\"><strong>Ahror ZIYoDOV.<\/strong><\/p>\n<p><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Farg\u2018ona jamoat salomatligi tibbiyot institutida tahsil olayotgan hindistonlik talabalar o\u2018zbek tilini nafaqat o\u2018rganish, balki uning orqali xalqimiz madaniyati, adabiyoti va urf-odatlarini ham yaqindan bilishga intilmoqda.<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":1516,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[21],"tags":[],"class_list":["post-1513","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-technology"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/soglomfargona.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/1513","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/soglomfargona.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/soglomfargona.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/soglomfargona.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/soglomfargona.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=1513"}],"version-history":[{"count":3,"href":"https:\/\/soglomfargona.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/1513\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":1671,"href":"https:\/\/soglomfargona.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/1513\/revisions\/1671"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/soglomfargona.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/1516"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/soglomfargona.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=1513"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/soglomfargona.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=1513"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/soglomfargona.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=1513"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}