{"id":1508,"date":"2026-10-19T13:45:51","date_gmt":"2026-10-19T08:45:51","guid":{"rendered":"https:\/\/soglomfargona.uz\/?p=1508"},"modified":"2026-11-21T19:35:49","modified_gmt":"2026-11-21T14:35:49","slug":"%d0%ba%d0%b0%d0%bc-%d1%83%d1%87%d1%80%d0%b0%d0%b9%d0%b4%d0%b8%d0%b3%d0%b0%d0%bd-%d0%ba%d0%b0%d1%81%d0%b0%d0%bb%d0%bb%d0%b8%d0%ba%d0%bb%d0%b0%d1%80%d0%b4%d0%b0-%d1%8d%d1%80%d1%82%d0%b0-%d1%82%d0%b0","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/soglomfargona.uz\/uz\/1508\/","title":{"rendered":"Kam uchraydigan kasalliklarda erta tashxis va muntazam nazorat nega muhim?"},"content":{"rendered":"<p>Bolalarda asab tizimi kasalliklarini erta aniqlash, to\u2018g\u2018ri tashxis qo\u2018yish va davolashni samarali tashkil etish malakali mutaxassislar hamda zamonaviy diagnostika usullarini talab qiladi. Ayniqsa, Dyushen mushak distrofiyasi va subo\u2018tkir sklerozlanuvchi panensefalit kabi kam uchraydigan kasalliklarda bemorlarni muntazam kuzatish va uzluksiz tibbiy yordam bilan ta\u2019minlash muhim.<\/p>\n<p>Mamlakatimizda bu yo\u2018nalishdagi tibbiy va ijtimoiy yordamni kengaytirishga alohida e\u2019tibor qaratilmoqda. Prezidentning 2025 yil 3 noyabrdagi PQ-331-son qarori bilan 2026\u20132030 yillarda kam uchraydigan (orfan) va boshqa irsiy-genetik kasalliklarga chalingan bolalarga yordam ko\u2018rsatish dasturi tasdiqlangan.<\/p>\n<p>Dasturga ko\u2018ra, davlat byudjeti hisobidan bepul davolanadigan kasalliklar turini 5 tadan 10 taga yetkazish, bemor bolalarni dori vositalari, maxsus oziq-ovqat va tibbiy jihozlar bilan ta\u2019minlash darajasini 95 foizdan 99 foizga oshirish belgilangan. Dyushen mushak distrofiyasi va sklerozlanuvchi panensefalit ham dasturda qamrab olingan kasalliklar qatoriga kiradi.<\/p>\n<p>Bu vazifalarni amalga oshirishda mutaxassislarning bilimi va amaliy ko\u2018nikmalari muhim o\u2018rin tutadi. Shu maqsadda Toshkent shahridagi Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazining 9 nafar mutaxassisi Farg\u2018ona viloyatida qariyb bir oy davomida nevrolog shifokorlar uchun malaka oshirish mashg\u2018ulotlarini o\u2018tkazdi.<\/p>\n<p>\u00abEpilepsiya va paroksizmal holatlar\u00bb hamda \u00abNerv-mushak kasalliklarining zamonaviy kompleks diagnostikasi. Miopatiyalar\u00bb mavzularidagi mashg\u2018ulotlar davomida viloyat shifokorlari murakkab nevrologik kasalliklarni tashxislash va bemorlarni olib borish bo\u2018yicha bilimlarini oshirdilar.<\/p>\n<p>Mashg\u2018ulotlarda Farg\u2018ona viloyati sog\u2018liqni saqlash boshqarmasi boshlig\u2018i Ramzbek O\u2018taboyev ham ishtirok etdi. U orfan kasalliklar, jumladan, Dyushen mushak distrofiyasi va subo\u2018tkir sklerozlanuvchi panensefalit tashxisi qo\u2018yilgan, dispanser nazoratidagi bolalar bilan ishlashda mas\u2019uliyatni oshirish zarurligini ta\u2019kidladi. Bemorlarning holatini muntazam kuzatish, zarur tibbiy yordamni o\u2018z vaqtida ko\u2018rsatish va dispanser nazoratini samarali tashkil etish bo\u2018yicha topshiriqlar berdi.<\/p>\n<p>\u2014Kam uchraydigan kasalliklarda natija faqat tashxis qo\u2018yish bilan belgilanmaydi,\u2014 deydi bolalar nevrologi, <span data-prompt-literal-paste=\"\">tibbiyot fanlari doktori, professor<\/span> <span data-prompt-literal-paste=\"\">Shoanvar Shomansurov. \u2014Bemorni uzoq muddat kuzatish, davolash rejasini o\u2018z vaqtida qayta ko\u2018rib chiqish va oilasiga zarur tavsiyalar berish ham muhim. Shu bois mutaxassislar malakasini oshirish va tibbiy yordamni davlat dasturlarida belgilangan vazifalar bilan uyg\u2018unlashtirish bolalar salomatligini muhofaza qilishda alohida ahamiyatga ega.<\/span><\/p>\n<p>&#8212;&#8212;&#8212;-<\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>\u00abEpilepsiya va paroksizmal holatlar\u00bb hamda \u00abNerv-mushak kasalliklarining zamonaviy kompleks diagnostikasi. Miopatiyalar\u00bb mavzularidagi mashg\u2018ulotlar davomida viloyat shifokorlari murakkab nevrologik kasalliklarni tashxislash va bemorlarni olib borish bo\u2018yicha bilimlarini oshirdilar.<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":1509,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[15],"tags":[],"class_list":["post-1508","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-fashion"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/soglomfargona.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/1508","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/soglomfargona.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/soglomfargona.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/soglomfargona.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/soglomfargona.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=1508"}],"version-history":[{"count":3,"href":"https:\/\/soglomfargona.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/1508\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":1672,"href":"https:\/\/soglomfargona.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/1508\/revisions\/1672"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/soglomfargona.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/1509"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/soglomfargona.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=1508"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/soglomfargona.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=1508"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/soglomfargona.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=1508"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}