{"id":1451,"date":"2026-09-20T10:53:24","date_gmt":"2026-09-20T05:53:24","guid":{"rendered":"https:\/\/soglomfargona.uz\/?p=1451"},"modified":"2026-11-21T19:37:46","modified_gmt":"2026-11-21T14:37:46","slug":"%d1%81%d0%b0%d1%80%d0%b0%d1%82%d0%be%d0%bd%d0%bd%d0%b8%d0%bd%d0%b3-%d0%be%d0%bb%d0%b4%d0%b8%d0%bd%d0%b8-%d0%be%d0%bb%d0%b8%d1%88-%d1%9e%d0%b7-%d2%9b%d1%9e%d0%bb%d0%b8%d0%bc%d0%b8%d0%b7%d0%b4%d0%b0","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/soglomfargona.uz\/uz\/1451\/","title":{"rendered":"Saratonning oldini olish o\u2018z qo\u2018limizda"},"content":{"rendered":"<p>Saraton degan so\u2018zning o\u2018zi odamni xavotirga soladi. Lekin uning oldini olish haqida gap ketganda, ko\u2018pchilik buning uchun nima qilish mumkinligini o\u2018ylab ko\u2018rmaydi.<\/p>\n<p>Aslida esa saratonga qarshi kurash kasallik aniqlanganidan keyin emas, undan ancha oldin boshlanadi.<\/p>\n<p>Eng avvalo, kundalik odatlarimizga e\u2019tibor berish kerak. Chekish, me\u2019yorsiz alkogol iste\u2019moli, ortiqcha vazn, kamharakatlik, noto\u2018g\u2018ri ovqatlanish kabi omillar ayrim saraton turlari xavfini oshiradi. Shuning uchun zararli odatlardan voz kechish, ko\u2018proq harakat qilish, ovqatlanish tartibiga e\u2019tibor berish va vaznni nazorat qilish shunchaki sog\u2018lom hayot tarzi emas, balki kasallikning oldini olish choralaridan hamdir.<\/p>\n<p>Jahon sog\u2018liqni saqlash tashkiloti ma\u2019lumotiga ko\u2018ra, 2022 yilda dunyoda qayd etilgan yangi saraton holatlarining taxminan 37 foizi oldini olish mumkin bo\u2018lgan sabablar bilan bog\u2018liq bo\u2018lgan. Buning o\u2018zi ko\u2018p narsani anglatadi.<\/p>\n<p>Yana bir masala \u2014 kasallikni kechiktirib yubormaslik. Ko\u2018pincha inson o\u2018zini yaxshi his qiladi va shu sababli tekshiruv haqida o\u2018ylamaydi. Ayrim kasalliklar esa boshlanishida sezilarli belgi bermasligi mumkin. Shuning uchun yosh va xavf omillariga qarab tavsiya etilgan profilaktik tekshiruvlardan o\u2018z vaqtida o\u2018tish kerak.<\/p>\n<p>Bugun mamlakatimizda ham saratonni erta aniqlashga katta e\u2019tibor qaratilayotgani bejiz emas. 2026 yil 24 iyunda qabul qilingan 238-sonli prezident qarori bilan saratonning oldini olish va erta aniqlashga qaratilgan milliy dastur tasdiqlandi. Unda keng tarqalgan ayrim saraton turlari bo\u2018yicha maqsadli tekshiruvlarni ko\u2018paytirish, birinchi bo\u2018g\u2018in tibbiyot xodimlarining onkologik hushyorligini oshirish belgilangan.<\/p>\n<p>Bu jarayonda oilaviy shifokorning vazifasi ham katta.\u00a0Qabulga kelgan bemorning shikoyatlari, yoshi, turmush tarzi, oilasida ushbu kasallik uchragan-uchramagani kabi ma\u2019lumotlar e\u2019tibordan chetda qolmaydi. Zarur bo\u2018lsa, qo\u2018shimcha tekshiruvlar tavsiya etiladi yoki bemor tegishli mutaxassisga yo\u2018naltiriladi.<\/p>\n<p>Eng muhimi, odamlar o\u2018z tanasidagi o\u2018zgarishlarga befarq bo\u2018lmasligi kerak. Masalan, sababsiz ozib ketish, uzoq davom etuvchi yo\u2018tal, bitmaydigan yara, tananing biror joyida paydo bo\u2018lgan tugun yoki shish, odatdagidan farqli qon ketish, ich kelishi yoki siydik chiqarishdagi o\u2018zgarishlar kuzatilsa, shifokorga murojaat qilish zarur. Bu belgilarning har biri saraton degani emas. Ammo sababini aniqlashni kechiktirmaslik kerak.<\/p>\n<p>Ayollar salomatligida ham profilaktika muhim o\u2018rin tutadi. Bachadon bo\u2018yni saratonining oldini olishda HPVga qarshi emlash va belgilangan skrining tekshiruvlari samarali choralardan hisoblanadi. Shu bois profilaktik ko\u2018riklarni keyinga qoldirmaslik kerak.<\/p>\n<p>Yana bir oddiy haqiqat bor. Kasallikdan qo\u2018rqib tekshiruvdan qochish emas, o\u2018z salomatligiga mas\u2019uliyat bilan qarash kerak. Saratonning barcha turini oldini olib bo\u2018lmaydi. Lekin uning ayrim xavf omillarini kamaytirish va kasallikni erta aniqlash imkoni bor.<\/p>\n<p>Shuning uchun profilaktikani ertangi kunga qoldirmaylik. Sog\u2018lom ovqatlanish, harakat, zararli odatlardan voz kechish, o\u2018z vaqtida tekshiruvdan o\u2018tish va oilaviy shifokor bilan maslahatlashish \u2014 salomatlikka qo\u2018yilgan oddiy, ammo muhim qadamlardir.<\/p>\n<p style=\"text-align: right;\"><strong>Oybek NIShONOV,<\/strong><br \/>\n<strong>Farg\u2018ona shahar 8-oilaviy poliklinikasi shifokori.<\/strong><\/p>\n<p><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Saraton degan so\u2018zning o\u2018zi odamni xavotirga soladi. Lekin uning oldini olish haqida gap ketganda, ko\u2018pchilik buning uchun nima qilish mumkinligini o\u2018ylab ko\u2018rmaydi. Aslida esa saratonga qarshi kurash kasallik aniqlanganidan keyin emas, undan ancha oldin boshlanadi.<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":1458,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[18],"tags":[],"class_list":["post-1451","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-health"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/soglomfargona.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/1451","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/soglomfargona.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/soglomfargona.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/soglomfargona.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/soglomfargona.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=1451"}],"version-history":[{"count":4,"href":"https:\/\/soglomfargona.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/1451\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":1680,"href":"https:\/\/soglomfargona.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/1451\/revisions\/1680"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/soglomfargona.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/1458"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/soglomfargona.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=1451"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/soglomfargona.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=1451"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/soglomfargona.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=1451"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}