{"id":1418,"date":"2026-08-27T16:56:53","date_gmt":"2026-08-27T11:56:53","guid":{"rendered":"https:\/\/soglomfargona.uz\/?p=1418"},"modified":"2026-11-21T19:44:06","modified_gmt":"2026-11-21T14:44:06","slug":"%d0%b1%d0%b0%d1%8a%d0%b7%d0%b0%d0%bd-%d0%ba%d0%b0%d1%81%d0%b1%d0%bd%d0%b8%d0%bd%d0%b3-%d1%9e%d0%b7%d0%b8-%d1%81%d0%b8%d0%b7%d0%bd%d0%b8-%d1%82%d0%b0%d0%bd%d0%bb%d0%b0%d0%b9%d0%b4%d0%b8","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/soglomfargona.uz\/uz\/1418\/","title":{"rendered":"\u00abBa\u2019zan kasbning o\u2018zi sizni tanlaydi\u00bb: mustaqillik tengdoshi Sarvarxon Yuldashov haqida"},"content":{"rendered":"<p>Sarvarxon Yuldashov 2016 yilda Toshkent tibbiyot akademiyasining \u00abDavolash ishi\u00bb yo\u2018nalishini tamomlab, Qo\u2018shtepa tumanida umumiy amaliyot shifokori va tez tibbiy yordam bo\u2018limi chaqiruv vrachi bo\u2018lib ishlagan. 2019 yilda oftalmologiya bo\u2018yicha magistraturaga o\u2018qishga kirib, 2022 yilda shu mutaxassislikni egallagan.<\/p>\n<p>Shu yildan beri u Respublika ixtisoslashtirilgan ko\u2018z mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Farg\u2018ona filialida vrach-oftalmolog bo\u2018lib ishlaydi. Bugun 35 yoshli shifokorning tibbiyotdagi mehnat staji 10 yilga yetgan.<\/p>\n<p>Sarvarxonning faoliyati klinik amaliyot bilan cheklanmaydi. U Farg\u2018ona jamoat salomatligi tibbiyot institutining \u00abUmumiy xirurgiya\u00bb kafedrasida assistent bo\u2018lib, talabalarga klinik fanlardan dars beradi. Xorijiy fakultet talabalariga mashg\u2018ulotlarni ingliz tilida olib boradi.<\/p>\n<p>Sarvarxon 2023 yildan Toshkent tibbiyot akademiyasi tayanch doktoranti sifatida \u00abTireotoksikoz fonida ko\u2018z olmasining klinik-morfologik xususiyatlari\u00bb mavzusida tadqiqot olib bormoqda. Hozirda uning PhD dissertatsiyasi himoya bosqichida.\u00a0Shu vaqtga qadar u 30 ta ilmiy maqola, 18 ta tezis, bir uslubiy tavsiyanoma va bir dasturiy guvohnoma muallifi bo\u2018lgan.<\/p>\n<p>Sarvarxondan \u00abNega aynan oftalmologiyani tanlagansiz?\u00bb deb so\u2018raganmizda, u bu qarorni yillar o\u2018tib boshqacha anglaganini aytadi.<\/p>\n<p>\u2014 <strong>Ba\u2019zi kasblarni inson tanlamaydi. Ba\u2019zan kasbning o\u2018zi sizni tanlaydi. Men oftalmologiyani tanlagan paytimda bu kasb ortida shunchalik katta mas\u2019uliyat borligini hali to\u2018liq anglamagan ekanman. Yillar o\u2018tib tushundimki, biz shunchaki ko\u2018z bilan emas, insonning dunyoni qanday ko\u2018rishi bilan ishlaymiz.<\/strong><\/p>\n<p>Bemor shifokorga qarab, ba\u2019zan qo\u2018rquv, ba\u2019zan umid bilan \u00abMen yana ko\u2018ra olamanmi?\u00bb degan savolni beradi.<\/p>\n<p>\u2014<strong> Davolash yoki operatsiyadan keyin bemorning atrofga qarab, dunyoni yana aniq ko\u2018rayotganini ko\u2018rish \u2014 men uchun eng katta mukofot. Ba\u2019zan u hech nima demaydi, faqat jilmayadi. Shu tabassumning o\u2018zi yetarli,<\/strong> \u2014 deydi u.<\/p>\n<p>Uning fikricha, ko\u2018rish faqat fiziologik funksiya emas.<\/p>\n<p><strong>\u00abKo\u2018rish \u2014 insonning hayot bilan bog\u2018lanishidir. Oftalmologiyada esa ba\u2019zan insonga o\u2018z dunyosini qaytarishga yordam berasiz\u00bb, \u2014 deydi Sarvarxon.<\/strong><\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"aligncenter wp-image-1420 size-full\" src=\"http:\/\/soglomfargona.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/08\/001.png\" alt=\"\" width=\"876\" height=\"602\" srcset=\"https:\/\/soglomfargona.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/08\/001.png 876w, https:\/\/soglomfargona.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/08\/001-300x206.png 300w, https:\/\/soglomfargona.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/08\/001-768x528.png 768w\" sizes=\"auto, (max-width: 876px) 100vw, 876px\" \/><\/p>\n<p>Sarvarxon o\u2018z sohasidagi yangi usullar va yondashuvlarni o\u2018rganish uchun xorijiy kurslar va kongresslarda ham qatnashib kelmoqda.<\/p>\n<p>2024 yilda Hindistondagi \u00abSharp Sight\u00bb ko\u2018z shifoxonalari guruhi tashkil etgan klinik malaka oshirish kursini tamomlab, katarakta va vitreoretinal jarrohlik bo\u2018yicha o\u2018qidi.<\/p>\n<p>Shuningdek, Ispaniyaning Barselona shahrida o\u2018tkazilgan 42-ESCRS kongressida ishtirok etdi. Unda qatnashgani va xalqaro akkreditatsiyadan o\u2018tganini tasdiqlovchi sertifikat oldi.<\/p>\n<p>Yuldashov \u00abInternational Ophthalmological Congress IOC Uzbekistan\u00bb kabi xalqaro tibbiy tadbirlarda ham ishtirok etgan.<\/p>\n<p>Bu qiziqishining sababi, uning o\u2018zi ta\u2019kidlaganidek, oftalmologiyada diagnostika va jarrohlik usullarining tez o\u2018zgarib borishida. Shuning uchun u shifokor uchun o\u2018qish va yangiliklarni kuzatish kasbning ajralmas qismi, deb hisoblaydi.<\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>U Respublika ixtisoslashtirilgan ko\u2018z mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Farg\u2018ona filialida vrach-oftalmolog bo\u2018lib ishlaydi. Bugun 35 yoshli shifokorning tibbiyotdagi mehnat staji 10 yilga yetgan.<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":1419,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[21],"tags":[],"class_list":["post-1418","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-technology"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/soglomfargona.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/1418","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/soglomfargona.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/soglomfargona.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/soglomfargona.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/soglomfargona.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=1418"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/soglomfargona.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/1418\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":1692,"href":"https:\/\/soglomfargona.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/1418\/revisions\/1692"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/soglomfargona.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/1419"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/soglomfargona.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=1418"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/soglomfargona.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=1418"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/soglomfargona.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=1418"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}