{"id":1413,"date":"2026-08-30T15:57:19","date_gmt":"2026-08-30T10:57:19","guid":{"rendered":"https:\/\/soglomfargona.uz\/?p=1413"},"modified":"2026-11-21T19:43:49","modified_gmt":"2026-11-21T14:43:49","slug":"%d1%8e%d1%80%d0%b0%d0%ba%d0%bd%d0%b8-%d1%88%d1%83%d0%bd%d1%87%d0%b0%d0%ba%d0%b8-%d0%ba%d1%9e%d1%80%d0%b8%d1%88-%d1%8d%d0%bc%d0%b0%d1%81-%d1%83%d0%bd%d0%b8-%d1%82%d1%83%d1%88%d1%83%d0%bd%d0%b8%d1%88","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/soglomfargona.uz\/uz\/1413\/","title":{"rendered":"Yurakni shunchaki ko\u2018rish emas, uni tushunishga intilayotgan shifokor"},"content":{"rendered":"<p><\/p>\n<p class=\"isSelectedEnd\">1991 yil 14 fevral. O\u2018zbekiston hayotida yangi davr boshlanishi arafasida Umidjon Abdullayev dunyoga keldi. Bugun u mustaqillik tengdoshi bo\u2018lgan avlod vakili sifatida Farg\u2018ona tibbiyotida o\u2018z o\u2018rniga ega bo\u2018lib borayotgan shifokorlardan.<\/p>\n<p>Ayni paytda Umidjon Abdullayev Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Farg\u2018ona filialida\u00a0bo\u2018lib, tug\u2018ma yurak nuqsonlarini aniqlash, fetal va neonatal kardiologiya yo\u2018nalishida faoliyat yuritmoqda.<\/p>\n<p class=\"isSelectedEnd\">Oddiy oilada tarbiya topgan Umidjonning otasi tadbirkor, onasi uy bekasi. 2016 yilda shifokorlik kasbini tanlagan hamkasbi bilan oila qurdi. Ayni paytda ular ikki o\u2018g\u2018il va bir qiz farzandni tarbiyalamoqda. Turmush o\u2018rtog\u2018i ham shifokor \u2014 neonatolog.<\/p>\n<p class=\"isSelectedEnd\">Umidjon 2017 yilda Andijon tibbiyot institutini tamomlab, mehnat faoliyatini Farg\u2018ona viloyati bolalar ko\u2018p tarmoqli tibbiyot markazida boshladi. Keyinchalik kardiologiya, ayniqsa, yurakning tug\u2018ma nuqsonlarini aniqlash yo\u2018nalishiga qiziqishi tobora ortdi.<\/p>\n<p class=\"isSelectedEnd\">\u2014 <strong>Menimcha, kardiologiyaga qiziqishimning asosiy sababi \u2014 yurakning o\u2018zi juda murakkab, shu bilan birga juda mantiqiy tizim ekanida,<\/strong> \u2014 deydi Umidjon.<\/p>\n<p class=\"isSelectedEnd\">U uchun bu sohadagi eng qiziqarli jihat faqat kasallikni aniqlash emas. Har bir belgi ortida qanday jarayon turganini, yurakdagi o\u2018zgarish qon aylanishiga qanday ta\u2019sir qilayotganini anglash muhim. Chunki bu o\u2018zgarishlar keyinchalik bemor salomatligiga ham ta\u2019sir qilishi mumkin.<\/p>\n<p class=\"isSelectedEnd\">Ayniqsa, exokardiografiya Umidjon uchun muhim tekshiruv usullaridan biri. Uning fikricha, monitordagi tasvirda shifokor shunchaki yurakni ko\u2018rmaydi \u2014 uning qanday ishlayotganini ham kuzatadi. Ba\u2019zan bir necha millimetrlik o\u2018zgarish yoki qon oqimidagi kichik farq ham katta klinik ahamiyatga ega bo\u2018lishi mumkin.<\/p>\n<p class=\"isSelectedEnd\">Bugun Umidjon Abdullayev Farg\u2018ona viloyatida tug\u2018ma yurak nuqsonlarini aniqlash yo\u2018nalishida faoliyat yuritayotgan mutaxassislardan biri. U skrining tekshiruvlarida ishtirok etib, ayniqsa, bolalar va chaqaloqlarda yurak nuqsonlarini erta aniqlashga hissa qo\u2018shmoqda.<\/p>\n<p class=\"isSelectedEnd\">Uning kasbiy qiziqishlari orasida fetal va neonatal kardiologiya, tug\u2018ma yurak nuqsonlari alohida o\u2018rin tutadi. Bu yo\u2018nalishda aniq xulosa juda muhim. Chunki aniqlangan har bir belgi keyingi davolash taktikasi, jumladan, kardioxirurg uchun zarur ma\u2019lumotga aylanishi mumkin.<\/p>\n<h2>Tashxis bir taqdirni o\u2018zgartirganida<\/h2>\n<p class=\"isSelectedEnd\">Umidjonning amaliyotida shunday voqealar borki, ularni oddiy ish kuni sifatida eslab bo\u2018lmaydi.<\/p>\n<p class=\"isSelectedEnd\">\u2014 <strong>Ta\u2019sirli voqealar juda ko\u2018p. Lekin men uchun eng qadrlisi \u2014 homiladorlik davrida homilani to\u2018xtatishga ko\u2018rsatma bilan kelgan holatlar,<\/strong> \u2014 deydi u.<\/p>\n<p class=\"isSelectedEnd\">Bugun Umidjon o\u2018z ismini olgan to\u2018rt nafar bolani biladi. Ularning eng kattasi to\u2018rt yoshga kirgan. Bu bolalarning barchasida homiladorlik davrida jiddiy muammo aniqlangan va homilani to\u2018xtatish masalasi ko\u2018tarilgan.<\/p>\n<p class=\"isSelectedEnd\">Ammo chuqur tekshiruv va ishonchli xulosa vaziyatga boshqacha qarash imkonini bergan. Muammoning yechimi borligi va uni O\u2018zbekiston sharoitida ham davolash mumkinligi aniqlangan. Natijada avvalgi taktika o\u2018zgargan.<\/p>\n<p class=\"isSelectedEnd\">Bugun esa o\u2018sha bolalar hayot kechirmoqda.<\/p>\n<p class=\"isSelectedEnd\">\u2014 <strong>Allohim yuzimni yoriq qilganiga ming shukr,<\/strong> \u2014 deydi Umidjon.<\/p>\n<p class=\"isSelectedEnd\">Bu voqea shifokor uchun har bir xulosaning qanchalik katta mas\u2019uliyat ekanini ko\u2018rsatadi. Ba\u2019zan bir qaror butun bir oilaning keyingi hayotiga ta\u2019sir qilishi mumkin. Shuning uchun bunday holatlarda har bir imkoniyatni sinchiklab o\u2018rganish, shoshmasdan va aniq xulosa qilish muhim.<\/p>\n<p class=\"isSelectedEnd\">Uning amaliyotida yana bir holat borki, u bu voqeani ham alohida eslaydi.<\/p>\n<p class=\"isSelectedEnd\">Kardioreanimatsiya jamoasi bilan og\u2018ir ahvoldagi bemor shoshilinch olib kelinadi. Birinchi yordam ko\u2018rsatiladi, har bir mutaxassis o\u2018z vazifasini bajaradi. Ammo vaqt o\u2018tishi bilan bemorning ahvoli yaxshilanish o\u2018rniga yanada og\u2018irlasha boshlaydi.<\/p>\n<p class=\"isSelectedEnd\">Shunda eng muhim savol tug\u2018iladi: nima bo\u2018lyapti? Nega bemor yaxshilanmayapti, aksincha, ahvoli yomonlashyapti?<\/p>\n<p class=\"isSelectedEnd\">Bunday vaziyatda tezkor instrumental tekshiruv katta ahamiyatga ega. Chunki shifokor ko\u2018rgan tasvir va bergan xulosa keyingi harakatlarni belgilashi mumkin.<\/p>\n<p class=\"isSelectedEnd\">\u2014 <strong>Bir lahzada xonadagi barcha nigohlar menga qaratilganini his qilaman. O\u2018sha paytda shifokor sifatida ichingizdan juda ko\u2018p narsa o\u2018tadi. Chunki bu oddiy tekshiruv emas. Siz bergan xulosa keyingi qarorni, keyingi harakatni, ba\u2019zan esa bemorning hayotini belgilashi mumkin.\u00a0Ichimda bitta fikr bo\u2018ladi: \u00abMen hozir xato qilishga haqqim yo\u2018q\u00bb,<\/strong> \u2014 deydi u.<\/p>\n<p class=\"isSelectedEnd\">Ana shunday vaziyatlarda Umidjon o\u2018z kasbining mohiyatini yanada chuqurroq his qiladi.<\/p>\n<h2>Bu kasbda o\u2018qish to\u2018xtamaydi<\/h2>\n<p class=\"isSelectedEnd\">Umidjon bu kasbning yana bir murakkab jihatini \u2014 doimiy o\u2018qish va izlanish zaruratini alohida ta\u2019kidlaydi.<\/p>\n<p class=\"isSelectedEnd\">\u2014<strong> Kardiolog yurakni, nevrolog bosh miyani, ginekolog o\u2018z sohasining anatomiyasi va fiziologiyasini chuqur bilmasa, bu sohada ishlay olmaydi. Shu ma\u2019noda, bu yo\u2018nalishda ishlaydigan mutaxassis keng bilimga ega bo\u2018lishga majbur,<\/strong> \u2014 deydi u.<\/p>\n<p class=\"isSelectedEnd\">Shuning uchun Umidjon asosan Yevropa standartlari va xalqaro tavsiyalar asosida ishlashga intiladi. Soha bo\u2018yicha yetakchi assotsiatsiyalar faoliyatini kuzatib boradi, ularning ekspertlari tayyorlagan ma\u2019ruzalar, kurslar, ilmiy maqolalar va tezislarni muntazam o\u2018rganadi.<\/p>\n<p class=\"isSelectedEnd\">U uchun bir mavzuni bitta manba orqali o\u2018rganishning o\u2018zi yetarli emas. Turli ekspertlarning qarashlarini solishtirish, yangi tavsiyalarni amaliyot bilan taqqoslash \u2014 uning kasbiy izlanishlarining bir qismi.<\/p>\n<p class=\"isSelectedEnd\">\u2014 Shifokor uchun \u00abmen yetarlicha bilaman\u00bb degan nuqta bo\u2018lmasligi kerak. Chunki tibbiyotda o\u2018rganish tugagan joyda rivojlanish ham tugaydi, \u2014 deydi Umidjon.<\/p>\n<h2>Shifokor uchun eng katta mukofot<\/h2>\n<p class=\"isSelectedEnd\">Bemorlar hayotidagi esda qolarli voqealar uning faoliyatida ko\u2018p. Ammo Umidjon uchun eng katta mukofot tashxis qo\u2018yilgan lahzaning o\u2018zi emas.<\/p>\n<p class=\"isSelectedEnd\"><strong>\u2014 Keyin bemor yoki uning yaqinlaridan kelgan birgina \u00abrahmat\u00bb so\u2018zi men uchun juda qadrli. Menimcha, shifokor uchun eng katta mukofot \u2014 bemorning sog\u2018ayib, o\u2018z hayotiga qaytganini ko\u2018rish. Qolgan narsalar ikkinchi darajali,<\/strong> \u2014 deydi u.<\/p>\n<p class=\"isSelectedEnd\">Balki, uning kasbga munosabatini bir jumla bilan ifodalash mumkin:\u00a0<strong>\u00abMen yurakni shunchaki ko\u2018rishni emas, uni tushunishni xohlayman\u00bb.<\/strong><\/p>\n<p class=\"isSelectedEnd\">Chunki haqiqiy diagnostika \u2014 faqat ekranda nimanidir ko\u2018rish emas. Ko\u2018rilgan o\u2018zgarishning sababini anglash, uning bemor uchun ahamiyatini tushunish va eng muhimi, bu ma\u2019lumotni to\u2018g\u2018ri qarorga aylantira olishdir.<\/p>\n<h2>Keyingi maqsad \u2014 ishonchli mutaxassis bo\u2018lish<\/h2>\n<p class=\"isSelectedEnd\">Umidjonning kelajakdagi eng katta maqsadi ham shu kasbiy qarash bilan bog\u2018liq.<\/p>\n<p class=\"isSelectedEnd\">U o\u2018z yo\u2018nalishida shunchaki yaxshi mutaxassis bo\u2018lib qolishni emas, kuchli ekspert darajasiga yetishishni istaydi. Buning uchun chuqur ilmiy bilim, katta amaliy tajriba va zamonaviy texnologiyalarni birlashtirgan mutaxassis bo\u2018lishni maqsad qilgan.<\/p>\n<p class=\"isSelectedEnd\">Biroq uning rejalari faqat shaxsiy rivojlanish bilan cheklanmaydi. U O\u2018zbekistonda ushbu yo\u2018nalishni rivojlantirishga hissa qo\u2018shish, yosh mutaxassislarga bilim berish, diagnostika sifatini oshirish va bemorlarga imkon qadar erta va to\u2018g\u2018ri tashxis qo\u2018yilishiga xizmat qilishni istaydi.<\/p>\n<p class=\"isSelectedEnd\">Xorijiy tibbiy markazlarda stajirovka o\u2018tash ham uning rejalari orasida. Uning fikricha, kitob, ilmiy maqola va ma\u2019ruzalardan olingan bilim juda muhim, ammo kuchli maktabda bevosita tajriba orttirish \u2014 butunlay boshqa daraja.<\/p>\n<p class=\"isSelectedEnd\">\u2014 <strong>Men uchun eng katta maqsad \u2014 bir kun kelib, \u00abBu holatda aynan shu mutaxassisga murojaat qilaylik, u eng murakkab vaziyatni ham tushunadi\u00bb, degan ishonchga ega bo\u2018lish.<\/strong><\/p>\n<p>Mustaqillik tengdoshi Umidjon Abdullayevning kasbiy yo\u2018li ham shu maqsad sari davom etmoqda.<\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>1991 yil 14 fevral. O\u2018zbekiston hayotida yangi davr boshlanishi arafasida Umidjon Abdullayev dunyoga keldi. Bugun u mustaqillik tengdoshi bo\u2018lgan avlod vakili sifatida Farg\u2018ona tibbiyotida o\u2018z o\u2018rniga ega bo\u2018lib borayotgan shifokorlardan.<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":1414,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[21],"tags":[],"class_list":["post-1413","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-technology"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/soglomfargona.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/1413","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/soglomfargona.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/soglomfargona.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/soglomfargona.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/soglomfargona.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=1413"}],"version-history":[{"count":4,"href":"https:\/\/soglomfargona.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/1413\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":1690,"href":"https:\/\/soglomfargona.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/1413\/revisions\/1690"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/soglomfargona.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/1414"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/soglomfargona.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=1413"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/soglomfargona.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=1413"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/soglomfargona.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=1413"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}