{"id":1403,"date":"2026-08-22T19:54:41","date_gmt":"2026-08-22T14:54:41","guid":{"rendered":"https:\/\/soglomfargona.uz\/?p=1403"},"modified":"2026-11-21T19:44:17","modified_gmt":"2026-11-21T14:44:17","slug":"%d1%82%d0%b8%d0%b1%d0%b1%d0%b8%d1%91%d1%82-%d1%82%d0%b8%d0%b7%d0%b8%d0%bc%d0%b8%d0%b4%d0%b0%d0%b3%d0%b8-%d0%ba%d0%b0%d0%bc%d1%87%d0%b8%d0%bb%d0%b8%d0%ba%d0%bb%d0%b0%d1%80-%d1%82%d0%b0%d0%bd%d2%9b","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/soglomfargona.uz\/uz\/1403\/","title":{"rendered":"Tibbiyot tizimidagi kamchiliklar tanqid qilindi"},"content":{"rendered":"<p>Bugun <b>Quvasoy<\/b> shahri, <b>Oltiariq<\/b> va <b>Rishton<\/b> tumanlarida tibbiyot tizimi holatini o\u2018rganish natijalari muhokama qilingan tanqidiy yig\u2018ilish o\u2018tkazildi. Unda viloyat hokimining o\u2018rinbosari <b>Sherzod Polvonov<\/b>, viloyat prokurori o\u2018rinbosari <b>Otabek Toshmatov<\/b>, viloyat sog\u2018liqni saqlash boshqarmasi boshlig\u2018i v.b. <b>Ramzbek O\u2018taboyev<\/b>, shahar va tuman tibbiyot birlashmalari hamda davolash muassasalari rahbarlari ishtirok etdi.<\/p>\n<p>Yig\u2018ilishda <b>Ramzbek O\u2018taboyev<\/b> o\u2018rganish natijalari bo\u2018yicha axborot berdi. <b>Quvasoy<\/b>, <b>Oltiariq<\/b> va <b>Rishton<\/b>da tibbiy xizmatni tashkil etish, dori-darmon va tibbiy buyumlar ta\u2019minoti, sanitariya holati, shoshilinch tibbiy yordam, tibbiy hujjatlarni yuritish hamda xodimlar mas\u2019uliyati bilan bog\u2018liq qator kamchiliklar qayd etildi.<\/p>\n<p>Xususan, <b>Oltiariq tumani<\/b> tug\u2018ruqxonasida ayrim dori vositalari va sarflov materiallari zaxirasi yetarli emasligi, kutish joylarida o\u2018tirish o\u2018rinlari kamligi va obodonlashtirish ishlari talab darajasida emasligi aniqlandi. Ayrim kamchiliklar shu kunning o\u2018zida bartaraf etildi.<\/p>\n<p><b>Quvasoy shahri<\/b>da esa muammolar yanada keng ko\u2018lamda ekani qayd etildi. Markaziy shifoxonaning bolalar bo\u2018limida 2026 yilning birinchi yarmida go\u2018daklar o\u2018limi o\u2018tgan yilning shu davriga nisbatan oshgani qayd etildi. Shuningdek, shoshilinch qabul bo\u2018limida triaj tizimi, dori ta\u2019minoti va DMED tizimini yuritishda kamchiliklar, ayrim bo\u2018limlarda sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilmayotgani tanqid qilindi.<\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"aligncenter wp-image-1405 size-large\" src=\"http:\/\/soglomfargona.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/08\/02-1024x638.png\" alt=\"\" width=\"640\" height=\"399\" srcset=\"https:\/\/soglomfargona.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/08\/02-1024x638.png 1024w, https:\/\/soglomfargona.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/08\/02-300x187.png 300w, https:\/\/soglomfargona.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/08\/02-768x478.png 768w, https:\/\/soglomfargona.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/08\/02.png 1156w\" sizes=\"auto, (max-width: 640px) 100vw, 640px\" \/><br \/>\nYig\u2018ilishda bemorlarga ajratilgan vaucherlardan foydalanishda ham kamchiliklar borligi qayd etildi. Ayrim yo\u2018nalishlar bo\u2018yicha vaucherlar bemorlarga to\u2018liq yetkazilmagan, transplantatsiya uchun ajratilgan vaucherlar ijrosi ham qoniqarli emas. Ayrim hududlarda bu boradagi hisobotlar to\u2018liq yuritilmayotgani tanqid qilindi.<\/p>\n<p><b>Rishton tumani<\/b>da ham tibbiy xizmatni tashkil etishdagi ayrim kamchiliklar va xodimlarning xizmat vazifalariga mas\u2019uliyatsiz yondashishi tanqid qilindi.<\/p>\n<p>Yig\u2018ilish yakunida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, tibbiy xizmat sifatini oshirish va berilgan topshiriqlar ijrosini qat\u2019iy nazoratga olish bo\u2018yicha ko\u2018rsatmalar berildi.<\/p>\n<p>&#8212;&#8212;&#8212;&#8212;&#8212;&#8212;&#8212;<\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Quvasoy shahri, Oltiariq va Rishton tumanlarida tibbiyot tizimi holatini o\u2018rganish natijalari muhokama qilingan tanqidiy yig\u2018ilish o\u2018tkazildi.<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":1404,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[15],"tags":[],"class_list":["post-1403","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-fashion"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/soglomfargona.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/1403","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/soglomfargona.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/soglomfargona.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/soglomfargona.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/soglomfargona.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=1403"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/soglomfargona.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/1403\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":1693,"href":"https:\/\/soglomfargona.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/1403\/revisions\/1693"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/soglomfargona.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/1404"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/soglomfargona.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=1403"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/soglomfargona.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=1403"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/soglomfargona.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=1403"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}