{"id":1358,"date":"2026-08-10T18:26:33","date_gmt":"2026-08-10T13:26:33","guid":{"rendered":"https:\/\/soglomfargona.uz\/?p=1358"},"modified":"2026-11-21T23:04:03","modified_gmt":"2026-11-21T18:04:03","slug":"%d1%8d%d0%bb%d0%b5%d0%ba%d1%82%d1%80%d0%be%d0%bd-%d1%81%d0%b8%d0%b3%d0%b0%d1%80%d0%b5%d1%82%d0%b0%d0%bb%d0%b0%d1%80-%d1%82%d0%b0%d1%80%d0%ba%d0%b8%d0%b1%d0%b8%d0%b4%d0%b0-80-%d1%85%d0%b8%d0%bb-%d0%b7","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/soglomfargona.uz\/uz\/1358\/","title":{"rendered":"Elektron sigaretalar tarkibida 80 xil zaharli kimyoviy birikmalar mavjud"},"content":{"rendered":"<p><i>Joriy yil 1 mart sanasidan boshlab yurtimizda elektron sigaretalar muomalasi taqiqlandi.<\/i><\/p>\n<p><b><i>Xo\u2018sh, bunga qanday zarurat bor edi? Bu borada xalqaro tajriba qanaqa?<\/i><\/b><\/p>\n<p>Shu kabi savollarga <b>Sog\u2018liqni saqlash vazirligining tamakiga qarshi kurash bo\u2018yicha konsultanti Shuhrat Shukurov<\/b> batafsil javob berdi.<\/p>\n<p><i>\u2014 So\u2018nggi yillarda an\u2019anaviy tamaki mahsulotlariga muqobil sanalgan elektron sigaretalarning yurtimizga kirib kelishi, ularning muomalasi tobora ortib bormoqda, \u2014 deydi mutaxassis.<\/i><\/p>\n<p>2019 yilda mamlakatimiz aholisi orasida olib borilgan tadqiqotlar shuni ko\u2018rsatadiki, 18-69 yoshdagi erkaklar orasida elektron sigaretalarni chekish 0,4 foizni tashkil etgan bo\u2018lib, bu ko\u2018rsatkich 18-29 yoshdagi erkaklar o\u2018rtasida ikki marta ko\u2018p (0,9 foiz) bo\u2018lgan. Bugungi kunga kelib esa ushbu ko\u2018rsatkich yanada oshgan. Eng yomoni, bunday salbiy holat maktab o\u2018quvchilari orasida ham uchramoqda.<\/p>\n<p>Ta\u2019kidlash lozimki, elektron sigaretalar suyuqligi tarkibida nikotin miqdori odatiy sigaretadan kamida 66 martagacha ko\u2018proq bo\u2018lishi mumkin yoki 3 ta quti sigaretadagi nikotin miqdoriga teng. Bundan tashqari, ularda kanserogen, zaharli 80 xil kimyoviy birikmalar va og\u2018ir metallar mavjud bo\u2018lib, ular inson sog\u2018lig\u2018i va atrof-muhitga jiddiy xavf tug\u2018diradi.<\/p>\n<p>Xususan, nikotinga qaramlik o\u2018smirlarda miya rivojlanishiga salbiy ta\u2019sir ko\u2018rsatib, bilim va qobiliyat pasayadi, ruhiy agressivlik va bronx-o\u2018pka yallig\u2018lanishiga olib keladi. Shuningdek, markaziy nerv, oshqozon-ichak tizimlari, buyrak va jigar funksiyasi buzilishi, gipertoniya, insult, infarkt kabi yurak-qon tomir kasalliklari rivojlanish xavfi yuqori.<\/p>\n<p>Ko\u2018pgina zamonaviy elektron sigaretalar aerozoliga sariyog\u2018 va smetana hidi beruvchi diatsetil moddasi qo\u2018shiladi. Ushbu modda nafas olinganda o\u2018pkaning mayda g\u2018ovak to\u2018qimasi \u2013 bronxiolalarning berkilishini keltirib chiqarishi mumkin. Tibbiy amaliyotda bunday holat obliteratsiyalovchi bronxiolit (\u201cbodroqsimon o\u2018pka\u201d kasalligi) deb ataladi.<\/p>\n<p>Elektron sigareta chekadiganlarda qaramlik odatdagi chekuvchilarga nisbatan tezroq rivojlanadi. Tadqiqotlar ko\u2018rsatishicha, ham an\u2019anaviy tamaki, ham elektron sigareta chekuvchi yoshlarning 64 foizidan ortig\u2018ida nikotinga qaramlik belgilari ko\u2018proq namoyon bo\u2018ladi.<\/p>\n<p>Bundan tashqari, elektron sigareta chekuvchi yoshlar keyinchalik uch marta ko\u2018p oddiy sigareta chekishga o\u2018tadilar.<\/p>\n<p>Dunyo mamlakatlarida elektron sigaretalar muomalasini huquqiy jihatdan tartibga solishda turlicha yondashiladi. Xususan, bugungi kunda 40 dan ortiq davlatda uning muomalasi taqiqlangan. Ular orasida Braziliya, Norvegiya, Singapur, Turkiya, Hindiston, Eron, Qozog\u2018iston, Turkmaniston, Qirg\u2018iziston bor. Shuningdek, Belgiya, Buyuk Britaniyada bir martalik elektron sigaretalarni sotish man qilingan.<\/p>\n<p><i>Mamlakatimizda 2025 yil 27 noyabrda elektron sigaretalar muomalasini taqiqlash bo\u2018yicha qabul qilingan qonun aholi, ayniqsa yoshlar salomatligini muhofaza qilishda muhim qadam bo\u2018ldi.<\/i><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Joriy yil 1 mart sanasidan boshlab yurtimizda elektron sigaretalar muomalasi taqiqlandi. Xo\u2018sh, bunga qanday zarurat bor edi? Bu borada xalqaro tajriba qanaqa?<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":1359,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[15],"tags":[],"class_list":["post-1358","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-fashion"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/soglomfargona.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/1358","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/soglomfargona.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/soglomfargona.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/soglomfargona.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/soglomfargona.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=1358"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/soglomfargona.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/1358\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":1699,"href":"https:\/\/soglomfargona.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/1358\/revisions\/1699"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/soglomfargona.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/1359"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/soglomfargona.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=1358"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/soglomfargona.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=1358"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/soglomfargona.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=1358"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}