{"id":1349,"date":"2026-08-06T13:05:18","date_gmt":"2026-08-06T08:05:18","guid":{"rendered":"https:\/\/soglomfargona.uz\/?p=1349"},"modified":"2026-11-21T23:04:30","modified_gmt":"2026-11-21T18:04:30","slug":"%d1%83%d0%b9%d0%b4%d0%b0%d0%bd-%d1%87%d0%b8%d2%9b%d0%bc%d0%b0%d1%81%d0%b4%d0%b0%d0%bd-%d1%88%d0%b8%d1%84%d0%be%d0%ba%d0%be%d1%80-%d2%9b%d0%b0%d0%b1%d1%83%d0%bb%d0%b8%d0%b3%d0%b0-%d0%bd%d0%b0%d0%b2","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/soglomfargona.uz\/uz\/1349\/","title":{"rendered":"Uydan chiqmasdan shifokor qabuliga navbat olish mumkin"},"content":{"rendered":"<p>Kecha poliklinikamizga kelgan bemorlardan biri shifokor huzuriga uyidan turib navbat olgan edi. U poliklinikaga belgilangan vaqtda keldi va qabul jarayoni ortiqcha kutishsiz tashkil etildi. Bu \u2014 raqamli tibbiyot tizimi yaratayotgan eng oddiy, ammo muhim qulayliklardan biri.<\/p>\n<p>Men Farg\u2018ona shahri 9-oilaviy poliklinikasining 7-brigadasi oilaviy shifokori sifatida qariyb 2 884 nafar aholiga tibbiy xizmat ko\u2018rsataman. Kunimiz odatda 30\u201340 nafar bemorni qabul qilish, ularni ko\u2018rikdan o\u2018tkazish, tashxis qo\u2018yish va davolash bo\u2018yicha tavsiyalar berish bilan o\u2018tadi.<\/p>\n<p>So\u2018nggi yillarda poliklinikamizda DMED tizimi to\u2018liq joriy etildi. Bu o\u2018zgarishlarni har kuni amaliyotda ko\u2018ryapmiz. Ilgari bemor poliklinikaga kelgach, ambulator kartasini topish, hujjatlarni rasmiylashtirish va qabul jarayonini tashkil etishga ma\u2019lum vaqt sarflanardi. Hozir esa bemor haqidagi ma\u2019lumotlar elektron shaklda saqlanadi va zarur ma\u2019lumotlarni tezkor ko\u2018rish imkoniyati mavjud.<\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"aligncenter size-large wp-image-1351\" src=\"http:\/\/soglomfargona.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/08\/DMED_1-1024x768.png\" alt=\"\" width=\"640\" height=\"480\" srcset=\"https:\/\/soglomfargona.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/08\/DMED_1-1024x768.png 1024w, https:\/\/soglomfargona.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/08\/DMED_1-300x225.png 300w, https:\/\/soglomfargona.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/08\/DMED_1-768x576.png 768w, https:\/\/soglomfargona.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/08\/DMED_1-1536x1152.png 1536w, https:\/\/soglomfargona.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/08\/DMED_1-2048x1536.png 2048w\" sizes=\"auto, (max-width: 640px) 100vw, 640px\" \/><\/p>\n<p>Menimcha, DMEDning eng katta afzalligi \u2014 aholi uchun yaratilgan qulaylikdir. Endi uydan chiqmasdan turib shifokor qabuliga navbat olish mumkin. Bu, ayniqsa, yoshi katta insonlar, bolali onalar va ish bilan band fuqarolar uchun juda muhim imkoniyat.\u00a0Ambulator kartani qidirishga hojat qolmaydi, qabul jarayoni ancha tez tashkil etiladi. Bu shifokorning ham, bemorning ham vaqtini tejaydi.<\/p>\n<p>Men kuzatayotgan yana bir ijobiy holat \u2014 aholi asta-sekin raqamli xizmatlarga ko\u2018nikib borayotganidir. Ko\u2018pchilik elektron navbat tizimidan foydalanib, poliklinikada uzoq kutishning oldini olmoqda.<\/p>\n<p>Biroq hali ham ayrim fuqarolar mobil ilova orqali mustaqil navbat olishni bilmaydi. Ular shifokoriga qo\u2018ng\u2018iroq qilib navbatga yozdirib qo\u2018yishni so\u2018raydi yoki poliklinikaga kelib elektron navbat oladi. Aslida esa mobil ilovadan foydalanish juda oddiy va bir necha daqiqa vaqt oladi.<\/p>\n<p>Albatta, bemorlarimni navbatga yozdirib qo\u2018yaman. Chunki men uchun eng muhimi \u2014 ularning sog\u2018lig\u2018i. Har bir bemorga imkon qadar yengillik yaratishga, ularni ortiqcha ovora qilmaslikka harakat qilaman. Shu bilan birga, ularni DMED mobil ilovasidan mustaqil foydalanishga ham o\u2018rgatib boramiz.<\/p>\n<p>Shifokor sifatida men uchun eng muhimi \u2014 bemorga ko\u2018proq vaqt ajratish. Agar navbat olish va hujjatlar bilan bog\u2018liq jarayonlar raqamli tizim orqali tez bajarilsa, shifokor ham bemor bilan sifatli muloqot qilish imkoniyatiga ega bo\u2018ladi.<\/p>\n<p><iframe loading=\"lazy\" title=\"DMED   Elmurod Haqnazarov\" width=\"540\" height=\"960\" src=\"https:\/\/www.youtube.com\/embed\/aBjc24afkRg?feature=oembed\" frameborder=\"0\" allow=\"accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share\" referrerpolicy=\"strict-origin-when-cross-origin\" allowfullscreen><\/iframe><\/p>\n<p><strong>DMED orqali shifokor qabuliga navbat olishning 3 qadami<\/strong><\/p>\n<ol data-spread=\"false\">\n<li>DMED mobil ilovasini oching.<\/li>\n<li>Poliklinika va shifokorni tanlang.<\/li>\n<li>O\u2018zingizga qulay sana va vaqtni belgilab, navbatni tasdiqlang.<\/li>\n<\/ol>\n<p>Bu bir necha daqiqa vaqt oladi va poliklinikaga kelib navbat kutish zaruratini kamaytiradi.<\/p>\n<p>Men barcha fuqarolarni DMED platformasi va uning mobil ilovasidan faol foydalanishga chaqiraman. Raqamli xizmatlardan foydalanish \u2014 bu nafaqat zamonaviy imkoniyat, balki o\u2018z vaqti va salomatligini qadrlash hamdir.<\/p>\n<p style=\"text-align: right;\"><strong>Nilufar O\u2018RINOVA,<\/strong><br \/>\n<strong>Farg\u2018ona shahri 9-oilaviy poliklinikasi<\/strong><br \/>\n<strong>7-brigada oilaviy shifokori.<\/strong><\/p>\n<p><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Kecha poliklinikamizga kelgan bemorlardan biri shifokor huzuriga uyidan turib navbat olgan edi. U poliklinikaga belgilangan vaqtda keldi va qabul jarayoni ortiqcha kutishsiz tashkil etildi. Bu \u2014 raqamli tibbiyot tizimi yaratayotgan eng oddiy, ammo muhim qulayliklardan biri.<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":1350,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[18],"tags":[],"class_list":["post-1349","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-health"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/soglomfargona.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/1349","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/soglomfargona.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/soglomfargona.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/soglomfargona.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/soglomfargona.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=1349"}],"version-history":[{"count":4,"href":"https:\/\/soglomfargona.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/1349\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":1702,"href":"https:\/\/soglomfargona.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/1349\/revisions\/1702"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/soglomfargona.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/1350"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/soglomfargona.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=1349"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/soglomfargona.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=1349"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/soglomfargona.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=1349"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}