{"id":1164,"date":"2024-11-06T18:53:10","date_gmt":"2024-11-06T13:53:10","guid":{"rendered":"https:\/\/soglomfargona.uz\/?p=1164"},"modified":"2026-11-21T23:08:13","modified_gmt":"2026-11-21T18:08:13","slug":"1164","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/soglomfargona.uz\/uz\/1164\/","title":{"rendered":"Maqsadimiz bir&#8230;"},"content":{"rendered":"<p><strong>Bizning ko\u2018p millatli diyorimizda diniy bag\u2018rikenglik o\u2018z ifodasini topgan. Farg\u2018ona viloyatida mahalliy aholi bilan birgalikda rus, tojik, qirg\u2018iz, turk va boshqa millat vakillari tinchlik-totuvlikda yashamoqda.<\/strong><strong>\u00a0<\/strong><strong>Ajdodlarning bag\u2018rikenglik an\u2019analarini munosib davom ettirgan holda bugungi kunda ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy va ma\u2019rifiy taraqqiyoti yo\u2018lida mehnat qilmoqda.<\/strong><\/p>\n<p><strong>Farg\u2018ona viloyati shifoxonalaridagi tibbiyot xodimlari ham shular jumlasidandir. Ularning maqsadi bir&#8230;<\/strong><\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"aligncenter wp-image-1166 \" src=\"http:\/\/soglomfargona.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/02\/\u0418\u043d\u0444\u043e\u0433\u0440\u0430\u0444\u0438\u043a\u0430.png\" alt=\"\" width=\"664\" height=\"544\" srcset=\"https:\/\/soglomfargona.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/02\/\u0418\u043d\u0444\u043e\u0433\u0440\u0430\u0444\u0438\u043a\u0430.png 1000w, https:\/\/soglomfargona.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/02\/\u0418\u043d\u0444\u043e\u0433\u0440\u0430\u0444\u0438\u043a\u0430-300x246.png 300w, https:\/\/soglomfargona.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/02\/\u0418\u043d\u0444\u043e\u0433\u0440\u0430\u0444\u0438\u043a\u0430-768x630.png 768w\" sizes=\"auto, (max-width: 664px) 100vw, 664px\" \/><\/p>\n<p style=\"text-align: center;\"><strong>&laquo;FARG\u2018ONADA QOLIShGA QAROR QILDIM&raquo;<\/strong><\/p>\n<p><strong>Zoya <\/strong><strong>B<\/strong><strong>aranovskaya,<br \/>\nFarg\u2018ona viloyati bolalar ko\u2018p tarmoqli tibbiyot markazi perfuziologi:<\/strong><\/p>\n<ul>\n<li>Men Belorus Respublikasi Minsk shahridanman. 2,5 yilcha avval Minsk shahridagi Respublika bolalar xirurgiyasi ilmiy-amaliy\u00a0tibbiyot\u00a0markazidan xizmat safari tufayli ilk bor O\u2018zbekistonda bo\u2018ldim.\u00a0 Biz Belorus respublikasi bo\u2018ylab, yuragida nuqsoni bor bolalarda kardiojarrohlik amaliyotlarini bajarganmiz. Bizni Toshkentga ishlagani taklif qilishdi. Shu bahonada men shunday mehmondo\u2018st, mehribon mamlakat borligini bilib oldim.<\/li>\n<\/ul>\n\n<ul>\n<li>Keyinchalik qolib ishlashni aytishdi, men biroz qaror chiqarishga o\u2018ylandim. Dastlab Navoiy shahrida ishlashimni aytishdi. Shunday qilib 2023 yili bu shaharga keldim. 1 oycha ishladim. Keyin yana Toshkentga ko\u2018chib o\u2018tdim. Poytaxtda qolib ishlashni taklifini oldim. Bu yerda hamkasblar kasbimni hurmat qilgan holda menga juda mehribon va samimiy munosabatda bo\u2018ldilar. Ammo, kutilmaganda mening bu shifoxonadagi bo\u2018lim mudirim, kardioxirurg Ozodbek maslahat uchun Farg\u2018onaga jo\u2018natishini so\u2018radilar.\u00a0 2023 yil mart oxirida Farg\u2018onaga mutaxassisligim bo\u2018yicha tavsiyalar, maslahatlar berish uchun yordamga keldim. Bu yerda hamkasblarim bilan tanishdim, shifoxonadagi sharoitlarni ko\u2018zdan kechirdim. Bo\u2018limdagilarning o\u2018z ishiga bo\u2018lgan munosabatini kuzatdim.\u00a0Va shu yerda qolib ishlashga qaror qildim.<\/li>\n<\/ul>\n<p><strong>Ixtiyor Abduraimov, bo\u2018lim shifokori: <\/strong><\/p>\n<ul>\n<li>Zoya bilan 2 yildan buyon hamkorlikda, bitta bo\u2018limda, bir jamoa bo\u2018lib, faoliyat yuritamiz. Jamoadoshlari o\u2018rtasida o\u2018ziga yarasha e\u2019tiborli. Bemorlarga bo\u2018lgan munosabati yaxshi. Bu yerda biz hammamiz shifokor. Qirg\u2018iziston va Tojikiston Respublikalaridan bemorlar kelib davolanadi. Yaqinda 2 nafar Qirg\u2018iz va Tojik millatli bemorlarda jarrohlik amaliyoti o\u2018tkazildi. Bizda hech qanday irq ajratish, millat ajratish yo\u2018q,<\/li>\n<\/ul>\n<p><strong>\u00a0<\/strong><strong>Xurshida Hasanova, hamshira:<\/strong><\/p>\n<ul>\n<li>Boshqa millat bo\u2018lishiga qaramasdan millatimizni, urf odatlarimizni hurmat qiladi. O\u2018zbek tilini o\u2018rgandi. Milliy taomlarimizga ko\u2018nikdi. Biz undan ko\u2018p narsa o\u2018rganyapmiz, u bizdan o\u2018rganyapti. Jamoadoshlar bilan munosabati juda yaxshi. Ertalabda shifoxonaga kelib, hamma bilan salomlashadi, hamma bilan quchoq ochib ko\u2018rishadi. Yaxshi qiz.<\/li>\n<\/ul>\n<p><strong>Zoya Baranovskaya:<\/strong><\/p>\n<ul>\n<li>Odatda mening ish kunim\u00a0 ertalab soat 8 da boshlanadi. Hamkasblarim bemorlarni ko\u2018zdan kechiradi, jarrohlik amaliyotiga tayyorlaydi. Bu vaqtda men ham o\u2018z jihozlarimni tartibga solaman. Bemorni operatsiya xonasiga olib kirganda uskunamni ishga tushiraman.\u00a0 Har bir bemor uchun alohida tayyorlanadi. Operatsiya jarayonlari boshlanadi. Bemor yurak vazifasini bajaruvchi apparatga ulanadi. Jarrohlar esa o\u2018z ishlarini bajaradilar. Keyinchalik steril tarmoq utilizatsiya qilinadi. Mening ishim shunday tartibda davom etadi.<\/li>\n<li>Faoliyatimiz davomida din masalalari bizning ishimizga ta\u2019sir qilmaydi. Ba\u2019zi davlatlarda faoliyat olib borayotgan hamkasblarim tajribasidan bilamanki, ayrim diniy oqim tarafdorlarining qarashlari orqali ular zaruriy molajalarni bajara olishmaydi. Baxtimga bu yerda shunga o\u2018xshash holatlar kuzatilmaydi. Ota-onalar barcha jarayonlardagi xavf va mas\u2019uliyatni qaysi din vakili bo\u2018lishidan qat\u2019iy nazar to\u2018g\u2018ri tushunishadi va qabul qilishadi. Bu esa faoliyatimni sidqidildan va to\u2018laqonli bajarimga katta yordam bermoqda.<\/li>\n<\/ul>\n<p style=\"text-align: center;\"><iframe loading=\"lazy\" title=\"Zoya Baranovskaya: Farg\u2019onada qolishga qaror qildim\" width=\"640\" height=\"360\" src=\"https:\/\/www.youtube.com\/embed\/PcyNgjx0P2I?start=428&amp;feature=oembed\" frameborder=\"0\" allow=\"accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share\" referrerpolicy=\"strict-origin-when-cross-origin\" allowfullscreen><\/iframe><\/p>\n<blockquote>\n<p style=\"text-align: center;\"><em><strong>Millatimiz, dinimiz bosh<\/strong><strong>q<\/strong><strong>a, ammo ma<\/strong><strong>q<\/strong><strong>sadimiz bir \u2013 odamlarni davolash, ularni so<\/strong><strong>g\u2018<\/strong><strong>lom <\/strong><strong>q<\/strong><strong>ilish<\/strong><strong>.<\/strong><\/em><\/p>\n<\/blockquote>\n<p style=\"text-align: center;\"><strong>&laquo;FARG\u2018ONA FARZANDIMAN&raquo;<\/strong><\/p>\n<p><strong>\u00a0<\/strong><strong>Ixtiyor Xomidjonov, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Farg\u2018ona filiali shifokori:<\/strong><\/p>\n<ul>\n<li>1985 yili So\u2018x tumanida tug\u2018ilganman. O\u2018rta maktabni bitirgach, 2008 yili Andijon davlat tibbiyot institutini tamomladim. 2010 yili hozirgi Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Farg\u2018ona filialiga shoshilinch qon-tomir mikroxirurgiya bo\u2018limiga vrach lavozimiga ishga kirganman. Millatim tojik. Farg\u2018ona farzandiman. Bizning bo\u2018limda 38 nafar xodimlar ishlab kelmoqda. Ularning ichida o\u2018zbek, tojik, qirg\u2018iz, tatar, rus kabi turli din va millatga mansub tibbiyot xodimlari bor. Barchamiz tinch, totuvda ishlab kelmoqdamiz.<\/li>\n<\/ul>\n\n<ul>\n<li>Tibbiyot sohasida millatlararo hech qanday to\u2018sqinlik bo\u2018lmasligi kerak. Negaki bizga har xil toifadagi bemorlar keladi va ularga birinchi navbatda yordam ko\u2018rsatiladi. Bir oila bo\u2018lib qolganmiz. Kunimizning aksariyat vaqti shu bo\u2018limda o\u2018tadi. Bir kunda 12-14 soatgacha shu yerda qolib ishlab, yashab, kulishib yuramiz. Bir-birimizdan sir saqlash yo\u2018q. Bo\u2018limimizga boshqa millatli vakillar ko\u2018p keladi. Ayniqsa, bugungi kunda viloyatimizda turli zavod va fabrikalar qurilyapti. Mana yaqinda xitoylik ishchilar jarohat olishib kelishgandi. Ularga sifatli tibbiy xizmat ko\u2018rsatib, xushmuomilalik bilan kuzatib yubordik.<\/li>\n<\/ul>\n<p><strong><em>Umida Oxunova, bo\u2018lim bekasi:<\/em><\/strong><\/p>\n<ul>\n<li>Ixtiyor Baxtiyorovich bilan ko\u2018p yillardan beri ishlab kelamiz. Jamoamizda eng obro\u2018li vrachlarimizdan biri. Bemorlar, hamkasblar bilan xushmuomila. Bo\u2018limimizda tojik, qirg\u2018iz millatli xodimlar bor. Hammamiz bir oila bo\u2018lib ishlaymiz.<\/li>\n<\/ul>\n<p><strong><em>Farxod Madaminov, bo\u2018lim shifokori:<\/em><\/strong><\/p>\n<ul>\n<li>Mening millatim tojik, Qirg\u2018iziston Respublikasida tug\u2018ilganman. Murakkab operatsiyalarda doim yordam berishadi. Bo\u2018lim mudiri Ixtiyor aka bilan tumanlarga asosan birga chiqamiz. Bizda millatchilik yo\u2018q.<\/li>\n<\/ul>\n<p><iframe loading=\"lazy\"  id=\"_ytid_46814\" width=\"640\" height=\"360\" src=\"https:\/\/www.youtube.com\/embed\/0q1EV8aVwJw?enablejsapi=1&#038;autoplay=0&#038;cc_load_policy=0&#038;iv_load_policy=1&#038;loop=0&#038;modestbranding=0&#038;rel=1&#038;showinfo=1&#038;playsinline=0&#038;autohide=2&#038;theme=dark&#038;color=red&#038;wmode=opaque&#038;vq=&#038;controls=2&#038;\" frameborder=\"0\" class=\"__youtube_prefs__\" allowfullscreen data-no-lazy=\"1\"><\/iframe><\/p>\n<blockquote>\n<p style=\"text-align: center;\"><em><strong>Millatimiz, dinimiz boshqa, ammo maqsadimiz \u2013 bir. Odamlarni davolash, ularni sog\u2018lom qilish.<\/strong><\/em><\/p>\n<\/blockquote>\n<p style=\"text-align: center;\"><strong>&laquo;BIZ JUDA INOQMIZ&raquo;<\/strong><\/p>\n<p><strong>Klara Kim, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Farg\u2018ona filiali pediatriya bo\u2018limi mudiri:<\/strong><\/p>\n<p>\u2014Toshkentdan Marg\u2018ilonga ishlagani kelganman. Keyinchalik bu yerda turmushga chiqdim. Hozirda uchta farzandlarim bor. Ular o\u2018zbek tilini juda yaxshi biladi. 2013 yildan mazkur shifoxonada mehnat qilyapman. Bizning bo\u2018limda 30 nafar xodim bor. Ularning ichida men koreysman, qirg\u2018iz, tojik shifokorlar bor. Ular bilan juda inoqmiz.<\/p>\n\n<p><strong>Isomiddin No\u2018monov, bo\u2018lim shifokori:<\/strong><\/p>\n<ul>\n<li>Men o\u2018zim qirg\u2018iz millatiga mansubman. Bo\u2018lim mudirimiz koreys millatli shifokor. Yana tojik millatli vrachlarimiz bor. Turli millatli hamshiralarimiz bor. Bu yerda hammamiz birgalikda bir jamoa bo\u2018lib ishlaymiz. Klara Kim bizga ustozlik ham qiladi. Ular bilan ishlash jarayoni juda qiziqarli bo\u2018ladi. Masalan, bo\u2018limga qirg\u2018iz millatli bemor kelsa, qirg\u2018izcha gapirib, tojik millatli bemor kelsa tojikcha gapirib, rus millatli bemorlar kelsa ularga ruscha muomila qilib, davolab kelmoqdamiz.<\/li>\n<\/ul>\n<p><strong>Ra\u2019no Axmedova, bo\u2018lim shifokori:<\/strong><\/p>\n<ul>\n<li>Klara Andreevna o\u2018zbek urf odatlarini yaxshi biladilar. U o\u2018z ishiga talabchan. Klara Andrevnadan koreyscha milliy taomlar, salatlar tayyorlashni o\u2018rganganmiz.<\/li>\n<\/ul>\n<p><strong>Hayitboy Yo\u2018lchiyev, bo\u2018lim shifokori:<\/strong><\/p>\n<ul>\n<li>Peditriya bo\u2018limimizda turli millatli shifokorlar ishlaydi. O\u2018zim tojik millatli vrachman. Klara Kim biz bilan birga 20 yildan beri ishlab kelmoqda. Bizga ustozlik qiladi. Bu\u00a0insondan\u00a0men\u00a0ko\u2018p\u00a0bilmaganlarimni\u00a0o\u2018rgandim. Shifoxonamizda turli tadbirlar bo\u2018ladi. Unga o\u2018zlari bosh-qosh bo\u2018lib, doim bizga yordam berib keladi.<\/li>\n<\/ul>\n<p><iframe loading=\"lazy\"  id=\"_ytid_31522\" width=\"640\" height=\"360\" src=\"https:\/\/www.youtube.com\/embed\/VpFDEoN520k?enablejsapi=1&#038;autoplay=0&#038;cc_load_policy=0&#038;iv_load_policy=1&#038;loop=0&#038;modestbranding=0&#038;rel=1&#038;showinfo=1&#038;playsinline=0&#038;autohide=2&#038;theme=dark&#038;color=red&#038;wmode=opaque&#038;vq=&#038;controls=2&#038;\" frameborder=\"0\" class=\"__youtube_prefs__\" allowfullscreen data-no-lazy=\"1\"><\/iframe><\/p>\n<blockquote>\n<p style=\"text-align: center;\"><em>\u00a0<strong>Millatimiz, dinimiz bosh<\/strong><strong>q<\/strong><strong>a, ammo ma<\/strong><strong>q<\/strong><strong>sadimiz bir \u2013 odamlarni davolash, ularni so<\/strong><strong>g\u2018<\/strong><strong>lom <\/strong><strong>q<\/strong><strong>ilish<\/strong><strong>.<\/strong><\/em><\/p>\n<\/blockquote>\n<p style=\"text-align: center;\"><em>\u00a0<\/em><strong>\u201cBITTA OILAMIZ\u201d<\/strong><\/p>\n<p><strong>Jamshid Maqsudov, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Farg\u2018ona filiali mutaxassisi:<\/strong><\/p>\n<ul>\n<li>Markazimizda turli din va millatga mansub xodimlar mehnat qiladi. Ular bilan biz uzoq yillardan buyon ishlab kelamiz. Ularning orasida Aliya Nuriyevna barchamizga ustozlik qiladi. Yoshlarga o\u2018rnak. Uning ortidan hech qachon yomon so\u2018z eshitmadik, faqat yaxshi e\u2019tiroflar bo\u2018lgan.<\/li>\n<\/ul>\n<p><strong>Aliya Memdjanova, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Farg\u2018ona filiali laboratoriya bo\u2018limi mudiri:<\/strong><\/p>\n<ul>\n<li>1976 yildan beri ishlayapman. Ish faoliyatimni Oltiariq tumanida boshlaganman. Keyin mana shu tibbiyot muassasasiga o\u2018tib, turli bo\u2018limlarda ishlaganman. Bizning bo\u2018limimizda ham har xil millatlilar ishlayapti. Men O\u2018zbekistonda tug\u2018ilganman. Millatim tatar. O\u2018zbekchani maktabdayoq o\u2018rganganman. O\u2018zbekcha she\u2019rlar yodlaganman. Hozirgacha esimda. Aytib berishim mumkin.<\/li>\n<\/ul>\n\n<ul>\n<li>Turmush o\u2018rtog\u2018im o\u2018zbek. Ikki o\u2018g\u2018lim va nabaralarim bor. Bitta oilamiz! Bo\u2018limda bir-birlariga yordam beradi. Kerak bo\u2018lsa xodimlarimizning xonadonlariga boramiz, yordam beramiz. Har bitta xodimning tug\u2018ilgan kuni sanasi yozilgan. Hech bo\u2018lmasa bitta ruchka sovg\u2018a qilib ham tug\u2018ilgan kunni nishonlaymiz, tabriklab qo\u2018yamiz.<\/li>\n<\/ul>\n<p><strong>Xosiyatxon Nazarova, b<\/strong><strong>o\u2018lim shifokori: <\/strong><\/p>\n<ul>\n<li>Aliya Nuriyevna bilan bo\u2018limda doim hamfikr bo\u2018lib ishlaymiz. Juda talabchan. U inson uchun ish birinchi o\u2018rinda. Ruscha aytganda u \u201ctrudagolik\u201d. Ish vaqtiga qaramaydi. Ishga saxarlab keladi, kech qaytadi. Bizda koreyslar ham, ruslar ham, tojiklar ham ishlaydi. Bizda millat ajratilmaydi. Bizda hamma laboratoriya xodimi.<\/li>\n<\/ul>\n<p><strong>Shaxnoza Odilova, bo\u2018lim laboranti.<\/strong><\/p>\n<ul>\n<li>Hammamizni bir hil ko\u2018radi. Ish o\u2018rgatadi. Hech qachon yo\u2018q demaydi. Jamoada to\u2018y, tug\u2018ilgan kun bo\u2018lsa hamma tadbirlarda birgalashib boradi.<\/li>\n<\/ul>\n<p><iframe loading=\"lazy\"  id=\"_ytid_69715\" width=\"640\" height=\"360\" src=\"https:\/\/www.youtube.com\/embed\/h3Z3u_Lwybc?enablejsapi=1&#038;autoplay=0&#038;cc_load_policy=0&#038;iv_load_policy=1&#038;loop=0&#038;modestbranding=0&#038;rel=1&#038;showinfo=1&#038;playsinline=0&#038;autohide=2&#038;theme=dark&#038;color=red&#038;wmode=opaque&#038;vq=&#038;controls=2&#038;\" frameborder=\"0\" class=\"__youtube_prefs__\" allowfullscreen data-no-lazy=\"1\"><\/iframe><\/p>\n<blockquote>\n<p style=\"text-align: center;\"><em><strong>Millatimiz, dinimiz bosh<\/strong><strong>q<\/strong><strong>a, ammo ma<\/strong><strong>q<\/strong><strong>sadimiz bir \u2013 odamlarni davolash, ularni so<\/strong><strong>g\u2018<\/strong><strong>lom <\/strong><strong>q<\/strong><strong>ilish<\/strong><strong>.<\/strong><\/em><\/p>\n<\/blockquote>\n<p style=\"text-align: center;\"><strong>\u201cBEMORLARGA BIR HIL MUNOSABATDAMIZ\u201d<\/strong><\/p>\n<p><strong>Maftuna AXMEDOVA, Respublika ixtisoslashtirilgan ko\u2018z mikroxirurgiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi Farg\u2018ona filiali hamshirasi:<\/strong><\/p>\n<ul>\n<li>Quvasoy shahrida yashayman. Shu shifoxonada ishlayotganimga 10 yildan oshdi. Men mehnat qilayotgan poliklinikaga turli millatli bemorlar keladi. Biz millatidan qat\u2019iy nazar bir hil muomilada bo\u2018lamiz. Kasallarning ko\u2018rish o\u2018tkirligini, ko\u2018z ichki bosimini, ko\u2018rish maydonlarini tekshiramiz. Ularga uzoq va yaqiniga ko\u2018z oynak tanlab beramiz. Kitob o\u2018qigani ko\u2018z oynak qo\u2018yamiz. Bizning shifoxonamizga rus, qirg\u2018iz kabi turli millatli bemorlar keladi. Qabulimizga qanday millatli bemor kelsa o\u2018z ona tilida so\u2018zlab, davo choralarini ko\u2018ramiz.<\/li>\n<\/ul>\n\n<ul>\n<li>Hamkasblarim ichida eng yaqini Roziyaxon ismli hamshira bor. Uning millati tojik. U bilan bir xonada ishlaymiz.<\/li>\n<\/ul>\n<p><strong>Roziya Ashuraliyeva, hamshira: <\/strong><\/p>\n<ul>\n<li>Maftunaxon bilan bir bo\u2018limda yonma-yon ishlaganimdan faxrlanaman.<\/li>\n<\/ul>\n<p><strong>Abror Xolmirzayev, bo\u2018lim shifokori: <\/strong><\/p>\n<ul>\n<li>Bizning eng ishongan hamshiralarimizdan biri. Buyurgan ishlarni, topshirgan vazifalarni o\u2018z vaqtida bajaradi. Eng murakkab yoki og\u2018ir holatdagi bemorlarga ham birinchi yordam ko\u2018rsatishda juda yaxshi qatnashadi. Bemorlarga o\u2018z yaqinlarimiz kabi munosabatda bo\u2018lamiz. Xorijlik bemor bo\u2018ladimi, O\u2018zbekiston fuqarosi bo\u2018ladimi ularni bir hil qabul qilamiz.<\/li>\n<\/ul>\n<p><strong>Qunduzxon Yusupova, shifoxona bosh hamshirasi:<\/strong><\/p>\n<ul>\n<li>Jamoadoshlarimizning bu qizga bo\u2018lgan munosabati judayam yuqori. Chunki kelgan bemorni sidqidildan aniq qilib tekshirib, tashxis qo\u2018yib beradi. Poliklinikada 40 nafardan ortiq xodimlar bo\u2018lsa ular orasida rus, tojik, qirg\u2018iz, grek millatli xodimlar bor. Birgalikda to\u2018ylar, tug\u2018ilgan kunlarni nishonlaymiz. Bir-birimizga sirdoshmiz.<\/li>\n<\/ul>\n<p><iframe loading=\"lazy\"  id=\"_ytid_60930\" width=\"640\" height=\"360\" src=\"https:\/\/www.youtube.com\/embed\/JhKzE5zf6iU?enablejsapi=1&#038;autoplay=0&#038;cc_load_policy=0&#038;iv_load_policy=1&#038;loop=0&#038;modestbranding=0&#038;rel=1&#038;showinfo=1&#038;playsinline=0&#038;autohide=2&#038;theme=dark&#038;color=red&#038;wmode=opaque&#038;vq=&#038;controls=2&#038;\" frameborder=\"0\" class=\"__youtube_prefs__\" allowfullscreen data-no-lazy=\"1\"><\/iframe><\/p>\n<blockquote>\n<p style=\"text-align: center;\"><em><strong>Millatimiz, dinimiz boshqa, ammo maqsadimiz bir \u2013 odamlarni davolash, ularni sog\u2018lom qilish.<\/strong><\/em><\/p>\n<\/blockquote>\n<p style=\"text-align: right;\"><strong>I.Abdujabborov.<\/strong><\/p>\n<p><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Bizning ko\u2018p millatli diyorimizda diniy bag\u2018rikenglik o\u2018z ifodasini topgan. Farg\u2018ona viloyatida mahalliy aholi bilan birgalikda rus, tojik, qirg\u2018iz, turk va boshqa millat vakillari tinchlik-totuvlikda yashamoqda.\u00a0Ajdodlarning [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":1167,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[16],"tags":[],"class_list":["post-1164","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-featured"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/soglomfargona.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/1164","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/soglomfargona.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/soglomfargona.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/soglomfargona.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/soglomfargona.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=1164"}],"version-history":[{"count":3,"href":"https:\/\/soglomfargona.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/1164\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":1716,"href":"https:\/\/soglomfargona.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/1164\/revisions\/1716"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/soglomfargona.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/1167"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/soglomfargona.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=1164"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/soglomfargona.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=1164"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/soglomfargona.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=1164"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}